Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Tojikiston YeOIIga kirishni istamayotganini ma’lum qildi
Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Tojikiston hozircha Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOI) qo‘shilish istagida emasligi aytdi. Overchuk bu haqda Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PMEF-2023) doirasida RIA «Novosti» agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Rasmiyning qayd etishicha, Rossiya tomoni hali bu borada Dushanbedan hech qanday signal olmagan.
«Bu ularning qarori bo‘lishi kerak. Ular buni qanday qabul qilishlari - butunlay ularning o‘ziga tegishli masala», dedi u.
Overchukning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Tojikistonga ittifoqning iqtisodiy makoniga integratsiyalashuv qanday foyda keltirishini tushuntirishga harakat qilmoqda.
«Bu to‘siqsiz savdo, yagona bojxona maydoni va yagona mehnat bozori masalalariga taalluqlidir», — dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Mavzuga oid
22:33 / 29.05.2026
Putin Armanistonning Yevroittifoqqa intilishiga munosabat bildirdi
16:48 / 29.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirishning 5 ustuvor yo‘nalishini sanadi
09:13 / 28.01.2026
Qirg‘iziston Rossiya ustidan YeOII sudiga da’vo arizasi kiritdi
20:08 / 08.10.2025