Mavzu böyiça suhbatdoşlarimiz – şarqşunoslar Suhrob Böronov va Habibullo Azimov.

— Nega Eron Islom inkilobidan buyon mazhabga asoslangan taşqi siyosat olib bormoqda? Buning tarixiy va siyosiy sabablari qanday?

Habibullo Azimov: Eron haqida töxtaladigan bölsak, avvalo, “Eron hududlarida aholi qaçon Islom dinini qabul qildi?” degan savolga javob beriş kerak. Islom dini 650 yillarda Eron hududiga yetib borgan; 642 yilda arablar va Eron sosoniylari örtasida hal qiluvçi jang bölib ötadi va unda arablar ğalaba qozonadi, şundan keyin, Eron islomni qabul qiladi. 1979 yilda yuz bergan Islom inqilobi Eronning şia mazhabiga tayanib siyosat yuritişiga sabab böladi.

Hozirda Eron Suriya, Livan, Yaman va Iroq kabi mamlakatlardagi köp sonli şialar hamda ularning partiyalarini qöllab-quvvatlaydi, bu esa öz navbatida unga mazkur hududlarda geosiyosiy ta’sini kuçaytirişga yordam beradi.

Suhrob Böronov: 1979 yilgi inqilobdan keyin, Eron özining taşqi siyosatini ikkita fazaga ajratib oldi, ulardan biri – islom davlatlariga islom inqilobini eksport qiliş ğoyasini ilgari surgan edi, u bunda turli siyosiy guruhlarni qöllab-quvvatlaş siyosatidan foydalandi, biroq bu arab davlatlarida amalga oşmadi.

Şundan keyin Eron öz atrofidagi şia mazhabiga mansub siyosiy guruhlarni qöllab-quvvatlaş siyosatiga ötdi va u buni ma’lum bir konsepsiyalar, “Şia hiloli” konsepsiyasi aynan şular jumlasidan, orqali amalga oşirdi. Konsepsiya körfazda yaşovçi şia mazhabidagi odamlarni Eron manfaatlari doirasida himoya qiliş siyosatini közda tutgan.

— Şunça vaqt ötsa hamki, Eron qanday qilib sanksiyalarga qarşi kuraşa olyapti?

Suhrob Böronov: Eronning sanksiyalarga qarşi tura olişida eng katta faktorlardan biri – bu uning geografik va strategik joylaşuvidir. Xaritaga qarasak, Eron Kavkaz, Markaziy Osiyo, Yaqin Şarq va Janubiy Osiyo kabi strategik ahamiyatga ega hududlarga çegaradoş hisoblanadi va aynan şu mintaqalarda Eron öz söziga ega davlatdir.