20 iyun kuni ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 20 iyun, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +24...+26 daraja, kunduzi +35...+37 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida, 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +35...+40 daraja, Surxondaryo viloyatida +41 darajagacha bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:27
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024