O‘zbekiston | 20:15 / 19.06.2023
2160
2 daqiqa o‘qiladi

Robaxon Mahmudova: Deputatlar ish vaqtining yarmini o‘z saylovchilari yonida o‘tkazishi kerak

Foto: “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Robaxon Mahmudovaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashdi.

Siyosatchi o‘z saylovoldi dasturidan o‘rin olgan, parlamentarizm va parlament demokratiyasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarini aytib o‘tdi:

·       qonunlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydigan mexanizmlar bilan qabul qilish, bu borada parlament qo‘mitalari ishini kuchaytirish;

·       parlament faoliyatida tadbirkorlik sub’yektlari ishiga aralashmaslik, ularga oid masalalarni ijro organlaridan talab qilish;

·       deputatlarning ish vaqtining yarmini albatta o‘z saylovchilari yonida o‘tkazishini belgilovchi tartibni joriy etish kerak, ular aholi bilan birga ishlasin;

·       parlament qo‘mitalarining raisi va rais o‘rinbosari bitta partiyadan bo‘lishini taqiqlash.

“O‘zbekistonning adolatlilik, birdamlik, ijtimoiy himoya va mas’uliyat tamoyillari hukmronlik qiladigan kuchli ijtimoiy davlat sifatida aholining yuqori turmush darajasiga ega, rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga erishish Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida demokratik huquqiy, ijtimoiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurishning sotsial-demokratik modelini yaratishning asosiy qoidalaridan biridir”, – dedi Robaxon Mahmudova.

Mavzuga oid