1985 yil 16 iyul. Moskvaning Kutuzov prospektida joylaşgan non dökoni oldida Safeway supermarketlar tarmoği logotipi tuşirilgan sumka kötargan şaxs kimnidir kutardi.

Şu paytda uning yoniga birov keladi va qölidagi «Mars» şokoladini tişlaydi. Uning bu işi Britaniyaga qoçmoqçi bölgan KGB zobitini xorijga olib çiqiş uçun işlab çiqilgan reja boşlanişiga işora edi.

Rejada KGB zobitining nima qilişi daqiqalargaça aniq-tiniq belgilab qöyilgandi. Unga binoan zobit bir neça kundan söng Leningradga jönaydigan poyezdga ötiradi. U yerdan Finlandiya bilan çegarada joylaşgan Zelenogorsk şaharçasiga yetib oladi.

Zelenogorskda KGB zobitini Britaniyaning SSSRdagi elçixonasiga tegişli maşina yukxonasiga joylaşadi, yaşirinça çegara postidan ötib ketişadi.

Çegara maskanidan ötişda KGB zobiti yaşiringan maşinani çegaraçilar töxtatadi. Şunda ularning iti yukxonada odam hidini sezib qoladi.

Şu paytda elçixona xodimasi bölgan ayol huşyorlik qiladi va darhol maşinadan tuşib bolasining tagligini almaştirib olişi kerakligini aytib yukxonani oçadi. KGB zobiti u yerda yopinçiqqa öralgan holda yotardi.

Ayol bolasining tagligini aynan yukxonada almaştiradi. Şu paytda taglikda bölgan qölansa hid odam hidini bosib ketadi va çegaraçi itlar tinçlanadi. Zobit va uning hamrohlari Finlandiyaga ötib oladi.

Şu tariqa tarixdagi KGB zobitlarining Ğarbga qoçib ötişi bilan boğliq navbatdagi hodisa sodir böladi. Londonga qoçgan zobit KGB birinçi boş boşqarmasi xodimi Oleg Gordiyevskiy edi.

Oleg Gordiyevskiy 1970-yillar oxiri
Foto: graphics.wsj.com

Tuğma josus

Oleg Gordiyevskiy 1938 yilda Moskva şahrida NKVD podpolkovnigi Anton Gordiyevskiy oilasida tuğiladi. Maktabni bitirgaç Moskvadagi xalqaro munosabatlar institutida tahsil oladi.

1962 yilda öqişni bitirgaç uni KGB birinçi boş boşqarmasi tarkibidagi razvedka bölimiga işga olişadi. Institutda ingliz, nemis, şved, dan va norveg tillarini puxta örgangan Gordiyevskiyni 1966 yilda elçixona xodimi niqobi ostida SSSRning Daniyadagi elçixonasiga jönatişadi. Josus u yerda tört yil işlaydi.