Ulkan ğalaba — Özbekiston tarixida ilk bor jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritgan milliy jamoa Birlaşgan Arab Amirliklaridan Toşkentga qaytib kelmoqda.
Poytaxtda minglab yurtdoşlar futbolçilarni tantanali kutib olişga şay turibdi. Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning xabar berişiça, milliy jamoa a’zolari şarafiga ötkaziladigan tantanali marosimda ularga Prezident sovğasi - BYD avtomobillari topşiriladi.
Şuningdek, Özbekiston milliy jamoasi murabbiylari va futbolçilari, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xodimlari milliy jamoaning jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritgani uçun davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Jumladan, Özbekiston milliy jamoasi sobiq boş murabbiyi, sloveniyalik Sreçko Katanets «Döstlik» ordeni bilan taqdirlandi. U salomatligi yomonlaşgani tufayli 2025 yil yanvar oyidan milliy jamoadagi işini davom ettira olmadi.
Şu bilan birga, milliy jamoaning amaldagi boş murabbiyi Kapadze Timur Taxiroviç «Özbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. U yanvar oyida milliy jamoani Srçeko Katanetsdan qabul qilib oldi va uning zafarli işini davom ettirdi.
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentining birinçi örinbosari Ermatov Ravşan Sayfiddinoviç «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirlandi.
Farmon bilan taqdirlangan boşqa futbolçilar va xodimlar quyidagilar:
«Özbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan
Abdullayev Abdulla Qaxramonjon öğli - Futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Alijonov Xojiakbar Uluğbek öğli - Futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Aliqulov Xusniddin Rözi öğli - Futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Aşurmatov Rustamjon Elyoroviç - Futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Böriyev Abdurauf Anvar öğli - Futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Jiyanov Ruslanbek Muzaffar öğli - Futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

















