Keyingi 8-10 yil içida poytaxt biqinidagi 6 ming gektar maydonda Yangi Toşkent qad rostlaydi. 30 mlrd dollardan ortiqqa baholangan loyiha ilğor şaharsozlik namunasi bölişi közda tutilgan. Xöş, aniqroq aytganda, bu ilğorlik nimalarda aks etadi? Kun.uz'ning bu boradagi savollariga Yangi Toşkentning boş arxitektori Saidazim Şaripov va şaharsoz Temur Ahmedov javob berdi.

Mavjud Toşkent şahriga tutaş 20 ming gektar maydonda – Çirçiq va Qorasuv daryolari oraliğida Yangi Toşkent qurilişi boşlanganiga 2 yil töldi. Loyihaning birinçi bosqiçiga 2023 yil bahorida start berilgandi.

Birinçi bosqiç – 6 ming gektar hududda şaharning ma’muriy va madaniy markazlari, ilk mahallalar va biznes dahalari, maydonlar va xiyobonlar, yöl-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilişini öz içiga oladi. Bu bosqiç 8-10 yil içida töliq yakuniga yetkazilişi közda tutilgan.

140 gektarlik ma’muriy hudud

Kun.uz muxbirining mas’ullar bilan suhbati – 6 ming gektarlik birinçi bosqiçning 4 ming gektarini özida aks ettirgan maket atrofida keçdi.

Yangi Toşkentning boş arxitektori Saidazim Şaripovning sözlariga köra, şaharning ma’muriy markazi 140 gektar joyni egallaydi. Uning ikki yonida davlat xizmatçilarining uylari qad rostlaydi. Ma’muriy hudud şaharça markazidan ötuvçi eng asosiy, boşqalardan kengligi bilan ajralib turuvçi bulvar köça oraqli madaniy hududga ulanadi.

Şu kunga qadar Energetika vazirligi va uning tarkibidagi tuzilmalar Yangi Toşkentdagi vaqtinçalik binolariga köçib ötişgan. Quriliş va Ekologiya vazirliklarining vaqtinçalik binolari barpo qilinyapti. Quriliş, Transport va Suv xöjaligi vazirliklarining binosi bitta böladi. Şunga öxşab, boşqa taşkilotlarning obektlari ham integratsiyalaşişi mumkin.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, respublika darajasidagi ijro organlari Yangi Toşkent şahriga köçirilib, ularning hozirgi binolari sotilişi közda tutilgan. Şu yil boşida Anorbank Energetika vazirligi joylaşgan binoni qariyb 255 mlrd sömga, “Öztransgaz” AJga tegişli binoni esa 185 mlrd sömga sotib oldi.

Köçadigan OTMlar

Yangi Toşkent qurilişining birinçi bosqiçida Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika (40 gektar), Yangi Özbekiston (50 gektar) va Vebster (20 gektar) universitetlari köçirilişi belgilangan. Yuridik universitet uçun ham kampus qurilişi közda tutilgan.