Polar Prince tadqiqotçi kemasi batiskaf ekipaji bilan aloqani «Titanik» qoldiqlari tomon şönğiş boşlanganidan 45 daqiqa ötib yöqotgan. Mutaxassislarning baholariga köra, bortdagi beş kişi uçun qolgan kislorod zaxirasi taxminan 30 soatga yetadi - bu esa, kislorod payşanba kuni Grinviç böyiça soat 10:00 da tugaydi, deganidir.

AQŞ sohil xizmati Kanadaning P-3 samolyoti «suv ostidagi şovqinlar»ni payqagani haqida xabar berdi. Bu har yarim soatda eşitilgan taqillatişga öxşaş ovoz.

Hukumat xabarlaridan birida aytilişiça, qidiruv hududiga tört soatdan keyin qöşimça gidrolokatsiya uskunalari örnatilganda (signallar aniqlanganidan keyin) ovoz eşitilgan va «bu omon qolganlarning umidvor ekanligidan dalolat beradi».

Çorşanba kungi vaziyat quyidagiça:

Çorşanba kuni tongda AQŞ sohil xizmati «şovqinlarning kelib çiqiş manbayini aniqlaş uçun masofadan boşqariladigan apparatlar boşqa joyga köçirilgani, dastlabki qidiruvlar ijobiy natija bermagani, ammo iş davom ettirilayotgani» haqida xabar berdi.

Avvalroq Amerikaning ikki naşri AQŞ Içki xavfsizlik departamentining ma’lumoti sizdirilgani, unda Kanadaning suv ostini örganişga möljallangan vositalar bilan jihozlangan boşqa bir P-8 rusumli samolyoti ham suv ostidagi şovqinlarni eşitgani haqida xabar berdi.

AQŞ sohil xizmati kapitani Jyeymi Frederik, seşanba kunining ikkinçi yarmi holatiga köra, Amerika va Kanada sohil xizmati kemalari va boşqa xususiy kemalar 7600 kvadrat mil maydonni tekşirib çiqişgani haqida xabar bergan.

Ekspeditsiya rahbari Devid Mirnsning sözlariga köra qidiruv işlari olib borilayotgan hududga trubalar yotqiziş uçun tijoriy kema ham kelgan.

«Biz umid qilamizki, u suv osti apparatini qidiriş va uni yuqoriga kötariş uçun şunday çuqurlikka - 3800 metrga tuşiş imkoniyatiga ega. Bu röy berişiga qançadir umid bor», degan u BBC muxbiriga.

Polar Prince kemasi yakşanbaga ötar keçasi Atlantika okeanida 110 yil muqaddam «Titanik» kemasi halokatga uçragan joyga yetib borgan. «Titan» batiskafi yakşanba kuni tongda şönğişni boşlagan, ammo mahalliy vaqt bilan soat 09:45 da, şönğiş boşlanganidan bir soat-u 45 daqiqa ötib suv yuzasidagilar bilan aloqani yöqotgan.

Polar Prince ekipaji «Titan» bilan aloqa uzilgani haqida AQŞ sohil xizmatiga darhol xabar bermagan: ular bu haqda taxminan soat 17:45 da - sakkiz soat ötganidan keyin xabardor qilingan. Şundan söng xizmatning Bostondagi qömondonlik markazi qidiruv işlarini muvofiqlaştirişga kirişgan.