AQŞ Transport xavfsizligi böyiça milliy kengaşi (NsB) 2023 yilda OceanGate kompaniyasining «Titan» suvosti kemasi bilan sodir bölgan hodisa haqida yakuniy hisobotni e’lon qildi, deb xabar berdi AP.
Maşhur «Titanik» qoldiqlariga ekspeditsiya çoğida yorilgan va beş kişining ölimiga sabab bölgan «Titan» suvosti kemasining halokatiga muhandislik xatosi sabab bölgan.
Hisobotda aytilişiça, «Titan» suvosti kemasini yaratişning muhandislik jarayoni notöğri bölgan va apparat mustahkamlik talablariga javob bermagan. Şuningdek, kompaniya yetarliça sinovlar ötkazmagani va kemaning haqiqiy barqarorligini aniqlamagani körsatilgan.
Avvalroq, 5 avgust kuni AQŞ Sohil qöriqlaş xizmati hisobotida kompaniyaning xavfsizlik tartiblari öta yetarli emasligi, e’lon qilingan protokollar va haqiqiy xavfsizlik çoralari örtasida sezilarli tafovutlar borligi ta’kidlangan edi.
OceanGate kompaniyasining uzunligi taxminan 6,5 metr bölgan «Titan» suvosti kemasi 2023 yil 18 iyun kuni «Titanik» qoldiqlarini kuzatiş uçun Atlantika okeaniga şönğidi. Kema yorildi va çökib ketdi, bortdagilarning barçasi halok böldi.
Halok bölganlar orasida: britaniyalik milliarder Xemiş Xarding, pokistonlik tadbirkor Şahzoda Dovud va uning öğli Sulaymon Dovud, OceanGate asosçisi va boş direktori Stokton Raş va fransuz suv osti kemasi uçuvçisi Pol Anri Narjole bor edi.

















