Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Import qilinadigan ayrim sport tovarlariga bojxona imtiyozi beriladi
Xorijdan olib kelinadigan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, sport-ta’lim muassasasi tomonidan olib kiriladigan sport kiyimlari, ekipirovkalari, oyoq kiyimlari, sport anjomlari, jihozlari hamda uskunalarini olib kirishda bojxona bojidan ozod etish ko‘zda tutilmoqda.
Bu imtiyozlar belgilangan tartibda shakllantirilgan ro‘yxat asosida import qilinadigan tovarlarning 50 foiziga nisbatan beriladi. “Bojxona kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga ko‘ra, Bojxona kodeksining 297-moddasi ikkinchi qismi 15-band bilan to‘ldirilib, imtiyozlar aks etmoqda. Ushbu qonun loyihasi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini rivojlantirishga, iqtidorli sportchilarni saralash va ularni tayyorlashda davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini, shuningdek, sport-ta’lim muassasalari uchun shart-sharoitlar yaratilishiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
08:59 / 26.05.2026
O‘zbekistonga Qozog‘iston nefti yetkazib berilishi mumkin
20:10 / 25.05.2026
O‘zbekiston Qirg‘iziston ko‘mirining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda
09:44 / 23.05.2026