Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevro-2024 saralashi. Ronaldu Portugaliyaga, Holand Norvegiyaga, Lukaku Belgiyaga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar
Foto: AFP
Yevro-2024 saralashi doirasida 4-tur bahslari davom ettirildi.
A guruhida Holand dubl qayd etgan o‘yinda Norvegiya (4) Kiprni (0) mag‘lub etdi.
Ye guruhida Moldova (5) Polsha (3) bilan bahsda 0:2ni 3:2ga aylantirdi, Albaniya (6) Farer orollaridan (1) ustun keldi.
F guruhida Avstriya (10) Baumgartnerning so‘nggi daqiqalardagi gollari evaziga Shvetsiyadan (3) ustun keldi. Belgiya (7) Estoniyaga (1) javobsiz 3ta to‘p kiritdi, Lukaku dublga erishdi.
G guruhida Vengriya (7) Litva (1) ustidan g‘alaba qozondi. Serbiya (7) Bolgariya (2) bilan o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
J guruhida Portugaliya (12) Ronalduning 89-daqiqadagi goli evaziga Islandiyadan (3) ustun keldi. E’tiborlisi, ushbu bellashuv Krishtianu uchun milliy jamoalar miqyosidagi 200-o‘yin bo‘ldi va u Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi. Lyuksemburg (7) kutilmaganda safarda Bosniyani (3) mag‘lubiyatga uchratdi. Slovakiya (7) Lixtensheyn (0) bilan o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Yevro-2024 saralashi. 4-tur. 20 iyun
A guruhi
Norvegiya — Kipr 3:1
Gollar: Solbakken (12), Holand (56 penalti, 60) — Kastanos (90+3).
Norvegiya – Nyuland, Ryuerson (Vembangomo, 59), Strannberg, Estigor, Meling, Eursnes (Velde, 88), Berg (Torstvedt, 74), Edegor, Solbakken (Berge, 58), Syorlot, Holand (Finne, 88).
Ye guruhi
Moldova — Polsha 3:2
Gollar: Nikolayesku (48, 79), Baboglo (85) — Milik (14), Levandovski (34).
Moldova – Raylyan, Revenko, Posmak, Mudrak, Krechun, Ryabchuk, Baboglo, Dros (Motspan, 46), Kojokaru, Domashkan (Postolaki, 46), Nikolayesku (Kojokar, 85).
Polsha – Shchensni, Kendzera, Bednarek, Kiver, Zalevski (Kaminski, 64), Zelinski, Shimanski (Linetti, 83), Shimanski, Frankovski (Bereshinski, 64), Levandovski, Milik (Sviderski, 73).
Farer orollari — Albaniya 1:3
Gollar: Feryo (45+1) — Bayrami (20), Aslani (51), Muchi (90+2).
F guruhi
Avstriya — Shvetsiya 2:0
Gollar: Baumgartner (81, 89).
Avstriya – Shlager, Posh (Veber, 46), Alaba, Linhart, Mvene, Vimmer (Zabitser, 59), Baumgartner (Lyubichich, 90), Shlager (Grillich, 71), Zayvald, Gregorich, Adamu (Arnautovich, 46).
Shvetsiya – Olsen, Valkvist, Lindelyof, Xin, Olsson, Svanberg (Klasson, 87), Forsberg (Karlsson, 77), Ekdal (Karlstrem, 46), Gustafsson, Kulusevski (Elanga, 87), Isak (Dokeresh, 76).
Estoniya — Belgiya 0:3
Gollar: Lukaku (37, 40), Bakayoko (90).
Belgiya – Zels, Kastan, Vertongen (Ad Dahil, 58), Fas, Teate (Deman, 88), Karrasko, Tilemans, Ndayishimiye (Doku, 57), Vranks (Mangalya, 57), Bakayoko, Lukaku (Batshuayi, 69).
G guruhi
Bolgariya — Serbiya 1:1
Gollar: Despodov (47) — Lazovich (90+7).
Serbiya – Milinkovich-Savich, Milenkovich, Pavlovich, Gudel, Kostich (Mladenovich, 71), Milinkovich-Savich, Maksimovich (Gruyich, 81), Lukich (Yovanovich, 58), Jivkovich (Lazovich, 71), Tadich, Yovelich.
Vengriya — Litva 2:0
Gollar: Varga (47), Shallai (83).
J guruhi
Islandiya — Portugaliya 0:1
Gol: Ronaldu (89).
Islandiya – Runarsson, Fridriksson (Sampsted, 79), Ingason, Paulsson, Magnusson, Villumsson, Gudmundsson, Traustason (Youhannesson, 75), Gudmundsson, Finnbogason (Magnusson, 75), Torsteynsson (Haraldsson, 79).
Portugaliya – Koshta, Dalot, Pepe, Diash, Pereyra (Otavio, 84), Kanselu (Gerreyru, 67), Fernandesh (Vitinya, 84), Silva (Jota, 90), Nevesh (Inasiu, 67), Leau, Ronaldu.
Chetlatish: Villumson (80).
Bosniya va Gersegovina — Lyuksemburg 0:2
Gollar: Sanches (4), Sinani (74).
Lixtenshteyn — Slovakiya 0:1
Gol: Vavro (45+1).
Mavzuga oid
21:05 / 26.07.2024
Ularga bozorda talab yuqori. Yevro-2024’da narxi oshgan 10 futbolchi
10:45 / 25.07.2024
«Yevro-2024» futbol musobaqalari yozuvidan ruxsatsiz foydalangan shaxs jarimaga tortildi
11:42 / 21.07.2024
Italiyalik himoyachi, «MYu»ning porlagan yulduzi va Ispaniyadagi iste’dodlar. Yevro-2024’ning asosiy kashfiyotlari
14:07 / 19.07.2024