Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
Sinoptiklar 26-28 iyun kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 iyunda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +30...+35 daraja; 27 iyunda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +33...+38 daraja; 27 iyunda kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,. Harorat 26 iyunda kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +31...+36 daraja; 27 iyunda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja; 27 iyunda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 iyunda kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +31...+36 daraja; 27-28 iyunda kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, 26 iyunda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 27-28 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 iyunda kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +31...+36 daraja; 27-28 iyunda kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, 26 iyunda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 27-28 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi 26 iyunda +20...+25 daraja, 27-28 iyunda +22...+27 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024
12 noyabr kuni harorat 19 darajagacha ko‘tariladi
14:31 / 09.11.2024