Putin Rossiyadagi vaziyat bo‘yicha O‘zbekiston, Qozog‘iston va Belarus prezidentlari bilan muloqot qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan gaplashib, ularni mamlakatidagi vaziyat bilan tanishtirdi.
O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga Rossiyadagi vaziyat to‘g‘risida ma’lumot bergan. Ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ham muhokama qilingan.
Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, To‘qayev Putin bilan muloqotda davom etayotgan voqealar Rossiyaning ichki ishi ekanini ta’kidlagan.
“Konstitutsiyaviy tuzum va qonun ustuvorligi mamlakatda qonuniylik va tartibni ta’minlashning ajralmas shartidir. Bu jamiyat xavfsizligi va uning muvaffaqiyatli rivojlanishining asosidir”, — deyiladi Akorda bayonotida.
Putin ayni maqsadda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan ham telefon orqali bog‘langan.
Eslatib o‘tamiz, 24 iyunga o‘tar kechasi Rossiyadagi "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin harbiy isyon boshlab, Rostov shahridagi bir nechta obektni egallab qoldi. Rossiya prezidenti uning harakatlarini "orqadan berilgan zarba" deb baholab, "xiyonat" qilganlar qat’iy jazoga tortilishini bildirdi. Vladimir Putin 24 iyun tush vaqtidagi murojaatida Rostovdagi vaziyatni murakkab deb ta’rifladi.
Mavzuga oid
23:44 / 22.11.2024
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
23:01 / 21.11.2024
Putin Dneprga «Oreshnik» nomli o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketa bilan zarba berilganini ma’lum qildi
20:56 / 21.11.2024