Sport | 21:05 / 26.06.2023
37905
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo Kubogi U-17. O‘zbekiston chorakfinalda Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Tailandda o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida chorakfinal bahslari bo‘lib o‘tdi va unda g‘alaba qozongan 4 jamoa yarimfinalga chiqishdan tashqari, Indoneziyada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga ham yo‘l oldi. Bular - Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya va O‘zbekiston. 

Foto: UFA

O‘z guruhida ikkinchi bo‘lgan O‘zbekiston U-17 jamoasi 1/4 finalda S guruhida yetakchi bo‘lgan Saudiya Arabistonini Ollobergan Karimov va Dilshod Abdullayevning gollari evaziga mag‘lubiyatga uchratdi. E’tiborlisi, 1-bo‘limda darvozabon Muhammadyusuf Sobirov penaltini qaytardi va g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi. 

Endi qit’a chempionati yarimfinalida Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari 29 iyun kuni Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi. Ikkinchi yarimfinalda Eron va Yaponiya o‘zaro ro‘baro‘ keladi. 

Osiyo Kubogi U-17. 1/4 final
26 iyun
Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston 0:2

Gollar: Ollobergan Karimov (79), Dilshod Abdullayev (83). 
O‘zbekiston U-17: Muhammadyusuf Sobirov, Aziz To‘lqinbekov, Ozodbek O‘ktamov, Laziz Mirzayev, Behruz Shukurullayev, Behruz Jumatov,  Shodiyor Shodiboyev, Muhammadali Raimov, Ollobergan Karimov, Sherzod Abdulboriyev, Dilshod Abdullayev.
Zaxira: Asilbek No‘monov, Diyor To‘laboyev, Asror Otaxonov, Mamadalixon Olimov, Abdulhamid Ikromov, Aminbek Yoqubov, Amirbek Saidov, Oybek O‘rmonjonov, Abdulhamid Turg‘unboyev, Nikolay Akopov, Quvonch Abrayev. 

Yaponiya — Avstraliya 3:1
Gollar: Navata (10), Michivaki (23), Takaoka (74) — Irankunda (62).

25 iyun
Eron — Yaman 0:0
Penaltilar seriyasi — 4:2

Tailand — Janubiy Koreya 1:4
Gollar: Buranajutanon (16) — Min Vu (4), Kim Jun (36), Yun Dung (69), Kim Hyun (84).

Mavzuga oid