“Hali hayajondamiz. Biz kutmagan narsa böldi. Lekin işonardik, çunki öğlim menga, albatta, kubokni olib kelamiz ona, deb va’da berib ketgandi”, - deydi Osiyo çempioni Sadriddin Hasanovning onasi Dilfuza Rahmatullayeva.
Futbol böyiça Osiyo Kubogi U-17 öyinlarida 9 iştirokçi bilan Saudiya Arabistonini mağlub etgan Özbekiston ösmirlar jamoasi a’zolari Sadriddin Hasanov va Bahodir Izboskanov Toşkentdagi 138-maktabning 10-sinf öquvçilari. Ğalabadan söng Çilonzor tuman hokimi Saidqahhor Xolxöjayev yoş çempionlar, maktab jamoasi, öquvçilarning ota-onalari bilan uçraşib, maktabdagi “Iqtidor burçagi”ga futbolçilarning suratlarini joylaştirdi.
Murabbiylar tomonidan çempion ösmirlardan intervyu olmaslik tavsiya etilgani sababli Kun.uz muxbiri ularning ota-onalari bilan suhbatlaşdi.
“Men öğlimning öyinlarini umuman köra olmayman. Boşqa xonada ötiraman, faqat ğalabasini Xudodan sörab ötiraman. Yutuğini, omadini sörab ötiraman. Keyin ikkinçi kuni qaytarib körsatganda öyinini köraman.
Gol urganda, çempion bölganda juda ham hayajonlandim. Hali ham hayajonlarimni yaşirib olayotganim yöq. Hali hayajondamiz biz. Biz kutmagan narsa böldi. Lekin biz işonardik, çunki öğlim menga, albatta, kubokni olib kelamiz ona, deb va’da berib ketgandi”, - deydi Sadriddin Hasanovning onasi Dilfuza Rahmatullayeva.










