Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg: NATO o‘zini «Moskva yoki Minsk»dan himoya qilishga tayyor
Alyans bosh kotibi «Vagner» jangchilarining bir qismi Yevgeniy Prigojin bilan birga Belarusga ko‘chib o‘tishi mumkinligini tan oldi.
Foto: Jonas Ekstromer/TT News Agency/AP/picture alliance
NATO bloki o‘zini «Moskva yoki Minsk»dan keladigan har qanday tahdiddan himoya qilishga tayyor», deya ma’lum qildi 27 iyun, seshanba kuni alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojinning Belarusga ko‘chib o‘tgani oqibatlari haqida xulosa chiqarishga hali erta, ammo katta ehtimol bilan uning kuchlarining bir qismi ham Belarusga joylashadi, deya tan oldi Stoltenberg.
«Biz Moskva va Minskka NATO har bir ittifoqchi va NATO hududining har bir qarichini himoya qilish uchun tayyor ekani haqida aniq signal yubordik», dedi Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi. Rossiya va Belarus poytaxtlarida «Vagner» XHK kuchlarining harakatidan qat’i nazar, ittifoqchilarimizni har qanday potensial tahdiddan himoya qilish qobiliyatimizni noto‘g‘ri tushunish uchun joy bo‘lmasligi kerak», deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, Stoltenberg o‘tgan dam olish kunlaridagi voqealardan so‘ng G‘arb Rossiyaga «yetarlicha baho berishi» kerakligini aytdi. Litvada iyul oyida bo‘lib o‘tadigan sammitda alyans o‘zining barcha a’zolarini, ayniqsa Rossiya va Belarus bilan umumiy chegaraga ega bo‘lgan a’zolarni himoya qilish maqsadida jamoaviy mudofaani kuchaytirish yechimlariga e’tibor qaratadi, deya eslatdi NATO bosh kotibi.
Ayni paytda, Litva prezidenti Gitanas Nauseda ham «Vagner» jangchilarini Belarusga joylashtirish xavfi haqida ogohlantirdi. «Agar «Vagner» o‘zining harbiylarini Belarusga ko‘chirsa, bu barcha qo‘shni davlatlarda beqarorlik xavfini yanada oshiradi», - dedi u.
Mavzuga oid
14:13 / 19.02.2026
NATO Boltiqbo‘yi sohiliga desant tushirish mashqlarini o‘tkazmoqda
14:28 / 18.02.2026
Patrushev NATOni “hujumkor guruh” tuzishda aybladi
15:48 / 16.02.2026
Ryutte: Urush Rossiyani yemiryapti, poytaxt aholisi ham yaqinda buni his qiladi
09:33 / 13.02.2026