Qandli diabet — tobora yaşarib borayotgan kasallik. Hozir dunyoda yarim milliarddan ortiq kişi uşbu darddan aziyat çekmoqda. Ulardan katta qismi xastalikning 2-turiga çalingan. Buyuk Britaniyaning nufuzli The Lancet tibbiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga köra, 2021 yilda dunyoda qandli diabet bilan kasallanganlar soni 529 million kişi bölgan bölsa, 2050 yilga borib ularning soni 1,31 milliardga yetadi.
Britaniyalik tadqiqotçilarning yozişiça, qandli diabet Yer yuzi aholisining 6,1 foizida uçraydi. Bu esa uşbu kasallikdan nogironlik holatlari ortişiga sabab bölmoqda. Dunyo miqyosida diabetga çalinganlar soni böyiça eng yuqori körsatkiç Şimoliy Afrika va Yaqin Şarq mamlakatlari hissasiga töğri keladi.
Qandli diabet bilan kasallanişning 49,6 foizga oşişi semiriş bilan boğliq. Olimlar fikriga köra, notöğri ovqatlaniş, kamharakatlik oqibatida kelib çiqadigan ortiqça vazn qandli diabetning asosiy omilidir. Boisi, kasallikning 2-turi rivojlanişiga sabab inson tanasida muşak töqimasining kamayib, yoğ töqimasining köpayişi hisoblanadi. Ammo xastalik semiz bölmagan insonlarda ham rivojlanişi mumkin.
Qandli diabet asosan oğiz qurişi, çanqaş va şunga yaraşa keragidan ortiq suyuqlik iste’mol qilib, köp peşob ajralişi kabi belgilar bilan namoyon böladi. Şuningdek, bunday bemorlarda umumiy holsizlik, oyoqlarda oğriq va keyinçalik jarohatlarning sekin bitişi kuzatiladi. Ortiqça vazni bölgan kişilarda xastalik iştahaning haddan ortib ketişi bilan ham kuzatiladi.
Hisob-kitoblarga köra, qandli diabet bemorlarini davolaşga yönaltirilgan global xarajatlar bugungi kunda 966 milliard dollarni taşkil qilmoqda. 2045 yilga borib uşbu xarajatlar 100 milliard dollarga yetişi mumkin.
Tadqiqot dunyo böylab soğliqni saqlaş taşkilotlari tomonidan diabetning ösiş sur’atlarini kamaytirişga qaratilgan çora-tadbirlar özini oqlamasligini körsatgan. 2025 yilga borib ana şunday sa’y-harakatlar natijasida ayollarda kasallaniş atigi 1 foizga kamayişi mumkin. Erkaklar orasida bu körsatkiç undan ham past.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining hisobotiga köra, şakar örnini bosuvçi sun’iy qöşimçalar inson salomatligi va hayotiga jiddiy xavf tuğdiradi. Uşbu xulosa bir neça yil davomida ötkazilgan 283 ta tadqiqot natijalariga asoslangan.
Ma’lumki, 25-30 gramm şakar iste’moli kunlik me’yor hisoblanadi. Bundan ortiği semiriş va xavfli kasalliklar rivojlanişiga olib keladi. Şu sababli ba’zilar şakar örnini bosuvçi sun’iy qöşimçalardan foydalaniş xavfsiz deb öylaydi.

















