Prigojinning muvaffaqiyatsiz isyoniga bir hafta böldi. Xulosalar
|14:27 / 02.07.202329 89616 min
Ötgan hafta oxirida «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asosçisi Yevgeniy Prigojin özi va yollanma askarlari Rossiya harbiy rahbariyatini lavozimidan çetlatiş niyatida «adolat marşi» boşlaganini e’lon qilgandi. Garçi muvaffaqiyatsiz yakunlagan bölsa ham, uşbu qurolli isyon oxir-oqibat nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda haftaning asosiy yangiligiga aylandi.
Foto: BBC RussianFoto: BBC Russian
Vladimir Putin barçaga xalq jipsligini isbotlaşga urinmoqda. Hozirça bu işonçsiz çiqyapti
Katta ehtimol bilan, Yevgeniy Prigojinning qurolli harakati Rossiya elitasi uçun, birinçi navbatda, Rossiya prezidenti Vladimir Putin uçun kutilmagan syurpriz böldi. Bu davlat töntarişiga urinişdan oldin «Vagner» asosçisi hamda mudofaa vazirligi va Rossiya Boş ştabi örtasida bir neça oylik oçiq ziddiyatlar bölganiga qaramay bunday voqealar rivojini taxmin qiliş qiyin edi. Bundan taşqari, Putin bu qarama-qarşilikda bevosita iştirok etdi — masalan, avvaliga Prigojin «Vagner»ga jang qiliş uçun yollagan mahbuslarni afv etiş töğrisida farmonlar imzoladi, söngra esa harbiylar noroziligi sabab, qamoqxonalardan bölajak jangçilar töplaşni mudofaa vazirligiga topşirdi.
Aftidan, Kreml yollanma askarlar va muntazam armiya örtasida yuzaga kelgan qarama-qarşiliklarni hal qilişga uringan. 2023 yil iyun oyida mudofaa vazirligi barça köngillilar (jumladan, rasman noqonuniy bölgan «Vagner» ham) Rossiya harbiy boşqarmalari bilan şartnoma imzolaşi kerakligini e’lon qildi. «Vagner» bundan boş tortdi va Prigojin keyinçalik aynan mana şu qadam şundoq ham qiyin vaziyatni qaynaş nuqtasiga olib kelganini tuşuntirdi. Prigojinning tanişlaridan biri BBC naşriga isyonni boşqa narsalar qatori tadbirkorning Rossiya prezidenti e’tiborini jalb qiliş istagi sifatida baholaş mumkinligini aytdi. Bu amalga oşdi, biroq aniq Prigojin kutgan natija bilan emas.
24 iyun kuni Putin sönggi oylardagi eng jiddiy murojaat bilan çiqişiga töğri keldi — murojaatda u Prigojinni (ismini aytmasa-da) oçiqçasiga xoin deb atadi va isyonning barça iştirokçilari jazolanişini va’da qildi. Keçqurun esa Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezidentning sözlariga ters ölaroq, «Vagner» asosçisi Belarusga «ketişi» mumkinligini aytdi.
Putinning özi keyinroq ortga çekiniş qarorini qon tökilişiga yöl qöymaslik istagi bilan izohladi. Ammo bu qaror Rossiya prezidenti uçun juda muhim bölgan kuçli yetakçi imijiga Rossiyada ham, xorijda ham ijobiy ta’sir ötkazmasligi aniq.
Putin oldida yana bir muhim muammo turibdi — isyon paytida na mamlakat fuqarolari, na Rossiya armiyasi isyonçilarni töxtatiş uçun heç narsa qilmadi. Rostov-Donda ba’zi aholi vakillari isyonçilar bilan amalda «döstlaşgani» aks etgan kadrlar butun dunyo böylab tarqaldi. Janubiy harbiy okrug ştabidagi generallar u yerda özini xöjayin kabi tutgan Prigojin oldida hisobot bergandek taassurot qoldirdi.
«Vagner» asosçisi Moskvaga yuborgan kolonna deyarli heç qanday qarşilikka duç kelmadi va isyonçilar bir neça vertolyot va strategik Il-22 samolyotini urib tuşirişga muvaffaq böldi. Ya’ni öşa kuni sodir bölgan voqealar Kreml 2022 yilning fevral oyidan beri çizib kelayotgan hukumatni töliq qöllab-quvvatlaş (jumladan, Ukrainadagi uruş borasida) kartinasidan keskin farq qildi.
Mavzuga oid
Natijada, Putin sönggi kunlarda xalq va elita uni qöllab-quvvatlaşini körsatiş uçun hamma narsani qildi. Dastlab, 26 iyunga ötar keçasi u Kremlda yiğiliş ötkazdi va unga mamlakat qurolli kuçlarining boş amaldorlarini, jumladan, mudofaa vaziri Sergey Şoyguni (Prigojin aynan uni topşirişlarini talab qilgandi) taklif qildi. Keyin esa Kreml sobori maydonida harbiylar bilan uçraşdi va fuqarolar uruşining oldini olişga muvaffaq bölgani uçun ularga minnatdorçilik bildirdi. Putin minnatdorçilik bildirganlar isyon töxtatilişida qanday rol öynagani mutlaq noaniq: isyonçilar Moskva tomon 350 kilometr masofani deyarli heç qanday qarşiliksiz bosib ötdi va faqat Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning aralaşuvigina ularni töxtatişga yordam berdi.
Rossiyaliklar bilan birdamligini namoyiş etiş uçun Putin 28 iyun kuni Doğistonga safari vaqtida sevimli uslubini qöllab, yoş qizçaning boşidan öpdi
Foto: KREMLIN.RU
28 iyun kuni Putin Darbandga (Doğiston) taşrifi çoğida olomon orasiga çiqdi va hatto özining sevimli nayrangini esladi – u şu yerlik qizning peşonasidan öpdi. Putin pandemiya boşlanganidan beri «xalq bilan bunday muloqot» qilmayotgandi. Ma’lumki, Rossiya prezidenti öz soğliğiga öta ehtiyotkor tarzda yondaşib, ötgan yillar davomida özi iştirokidagi yiğilişlar a’zolaridan karantinda ötirişni talab qilgan.
«Bir tomondan, mutaxassislarning qattiq tavsiyalari bor, biroq boşqa tomondan, prezidentning bu odamlar bilan salomlaşmasdan keta olmaslik borasida qat’iy qarori bor. Bunaqasi bölib turadi», deya Putinning odamlar yoniga kutilmagan taşrifini tuşuntirgan Dmitriy Peskov.
Putin Doğistonga safaridan keyin ham yangiliklar lentasida qoldi — 29 iyun kuni u Strategik taşabbuslar agentligi forumiga keldi va u yerda interaktiv doskada rasm çizişga va Rossiyadagi brendlar muammolarini tinglaşga ulgurdi (uşbu uçraşuvda u isyon mavzusini eslamadi).
Rossiya prezidentining qattiq sa’y-harakatlari, ommaviy faolligiga qaramay, oddiy faktni yaşiriş qiyin böladi: tartibsizliklar paytida Rossiya fuqarolari, agar fuqarolar uruşi yuz bersa, Putinni qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanini amalda namoyiş etmadi. Ehtimol, buni nafaqat Rossiyaning özida, balki boşqa mamlakatlarda, jumladan Ukraina va Ğarbda ham payqaşdi.
Bunday vaziyatda hukumat heç bölmaganda qandaydir tarzda vaziyatni nazorat qiliş uçun uydagi muxolifatga qarşi kuraşni kuçaytirişi kutiladi. Lekin bu ham Kreml uçun potensial xavf tuğdirişi mumkin: bundan kelib çiqadiki, 2023 yilda ijtimoiy tarmoqlardagi uruşga qarşi postlar uçun qamoqqa tuşiş oson, ammo harbiy isyonga uriniş heç qanday jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi.
Prigojinning isyoni yana Putinni öz yolğonlarini tan olişga ham majbur qildi. Yillar davomida Rossiya prezidenti rossiyaliklarni ham, boşqa davlatlar rahbarlarini ham Rossiya davlatining Prigojin faoliyatiga heç qanday aloqasi yöqligiga işontirib keldi. Endi esa Putin «Vagner» faoliyatiga milliardlab budjet mablağlari ajratilganini oçiqça aytmoqda. Biroq hozirça bunday «özini-özi oşkor qiliş» prezidentga unçalik noqulaylik tuğdirmaganga öxşaydi.
«Vagner»ning oldingi körinişidagi tarixi öz nihoyasiga yetdi. Prigojin bilan nima sodir bölişi noma’lum
Isyondan keyingi hafta voqealaridan kelib çiqib, ehtiyotkor xulosa çiqariş mumkin: köpçilik bilgan şakldagi «Vagner» tarixi öz nihoyasiga yetgandek. Bu guruh Rossiya birinçi marta Donbassga bostirib kirgan 2014 yildan beri Rossiya hukumati manfaatlari va kömagi ostida harakat qilgan. Öşandan beri yollanma askarlar Rossiyaning butun dunyo böylab, birinçi navbatda Suriya va Afrika mamlakatlaridagi operatsiyalarida qatnaşişga ulgurdi.
Rossiya hukumati Ukrainaga keng miqyosli bosqin boşlanganidan beri «Vagner»ni nafaqat huquqiy sohada, balki jamoatçilik ongida ham qonuniylaştiriş (legalizatsiya) işlarini olib bordi. 2022 yil dekabrda Moskva yollanma askarlar frontdagi operatsiyalarda iştirok etayotganini oçiq tan olişga majbur böldi, «Vagner» komandirlari va jangçilari davlat ommaviy axborot vositalarida paydo böla boşladi. 2023 yil mart oyida Davlat dumasi «köngillilar»ni obrösizlantirişni taqiqlovçi qonunni qabul qildi — bu qonun Prigojin tomonidan şaxsan ilgari surildi (endi, isyondan keyin deputatlar uşbu tuzatişlar bilan nima qilişni muhokama qilmoqda).
Ammo, katta ehtimol bilan, muvaffaqiyatsiz isyondan söng, «Vagner»ning kelajagi söroq ostida qoldi. Vladimir Putin özining sönggi murojaatlaridan birida yollanma askarlar mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaşi, uyiga qaytişi yoki Prigojin bilan birga Belarusga ketişi mumkinligini aytdi.
«Vagner» jangçilari Rostov-Don köçalaridan birida, 24 iyun
EPA/ARKADIY BUDNITSKY
Jangçilarning katta qismi qaysi variantni tanlaşi hozirça noaniq (hozir hatto ularning aksariyati qayerda ekani ham noma’lum). Ammo agar yollanma askarlarning bir qismi Rossiyada harbiy xizmatda qolişga qaror qilsa, ehtimol ular avvalgidek mustaqillikka ega bölmaydi. Rossiya mudofaa vazirligi «Vagner»da mavjud bölgan texnikalarni öz tasarrufiga olişini allaqaçon e’lon qildi. BBC muxbiri Sara Reynsfordning aniqlaşiça, isyonga qaramay, hozirça «Vagner»ning işonç telefonlari köngillilarni xizmatga yollaşda davom etmoqda. Ular kimning rahbarligi ostida va qayerda jang qilişi hozirça noma’lum.
Belarusga borganlar taqdiri nima bölişi ham noma’lum. Prezident Aleksandr Lukaşenkoning ta’kidlaşiça, «Vagner» a’zolari Belarus qurolli kuçlari bilan «tajriba almaşiş» imkoniyatiga ega böladi — bu qanday tarzda amal oşirilişini faqatgina taxmin qiliş mumkin.
«Vladimir Putinning oşpazi»dan özining şaxsiy harbiy guruhini yaratişgaça yöl bosgan Yevgeniy Prigojinning taqdiri ham savol ostida. Körinişidan, tadbirkor haqiqatan ham jinoiy javobgarlikdan qoçişi mumkin (heç bölmaganda hozirça).
OAV tadbirkorga aloqador biznes-jyetlar Belarus va Rossiya örtasida uçayotgani, Prigojinga öxşagan odam uning Sankt-Peterburgdagi ofisida köringani (şuningdek, vertolyotga ötirgani) haqida xabar bermoqda. Yevgeniy Prigojin aslida qayerda ekani noma’lum. Prigojin faoliyatini yorituvçi telegram-kanallar sönggi kunlarda uning rejalari haqida xabar bermadi.
Yaqin kunlar va haftalarda hukumat «Vagner» asosçisining biznes imperiyasi — «Konkord» kompaniyasi, Prigojin bilan boğliq ommaviy axborot vositalari (RIA FAN va boşqalar), maşhur «trollar fabrikasi» va boşqa aktivlar bilan nima qilmoqçi ekani ma’lum böladi. Masalan, The Bell naşri ma’lumotlariga köra, Vladimir Putinga yaqin tadbirkor Yuriy Kovalçuk Prigojin vasiylik kengaşiga rahbarlik qiluvçi «Patriot» mediaholdingining yangi egasi bölişi mumkin.
Sönggi kunlarda Sankt-Peterburgdagi naşrlar Prigojinga boğliq binolarda ötkazilayotgan tintuvlar haqida köp yozdi: uşbu tintuvlar davomida xavfsizlik kuçlari boşqa narsalar qatorida, milliardlab rubl naqd pul topgan.
Prigojin boşçiligidagi «Vagner» şaxsiy tarkibi dunyoning köplab mamlakatlarida, jumladan Suriya, Liviya, Sudan, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Mozambik, Burkina-Faso, Madagaskar va Venesuelada faol harakat qilganini unutmaslik kerak. Uşbu davlatlarning köpçiligida Prigojinning biznes manfaatlari ham bor. Wall Street Journal naşri ma’lumotlariga köra, Kreml «Vagner» Rossiya davlati nazorati ostiga ötayotgani haqida mahalliy hukumatlarni xabardor qilişni boşlagan.
Hozirça Putinga yaqin xavfsizlik xodimlariga isyonda ğolib çiqqandek. Ammo boşqalarga, masalan, general Surovikinga nisbatan savollar tuğilganga öxşaydi
Prigojin isyoni muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan söng, Rossiya telegram-kanallarida mamlakat harbiy rahbariyatida katta özgarişlar bölgani haqida miş-mişlar tarqaldi. Potensial qurbon sifatida Prigojinning asosiy raqibi, mudofaa vaziri Sergey Şoyguning nomi tilga olinayotgandi. Yollanma askarlarning Moskvaga marşidan bir hafta ötib, bu miş-mişlar haqiqatdan yiroq körinmoqda.
26 iyun kuni keçki payt, Vladimir Putinning murojaatidan köp ötmay, Kreml prezidentning mamlakat xavfsizlik xizmati rahbarlari bilan suhbati aks etgan kadrlarni tarqatdi. Sergey Şoygu ham uşbu yiğinda iştirok etdi. U, şuningdek, Putin rossiyalik harbiylar bilan uyuştirgan uçraşuvda ham paydo böldi — demak iste’foga çiqiş haqida heç qanday gap yöqligi aniq. Putinga bunday ommaviy yaqinlik odatda qöllab-quvvatlaş belgisi sifatida köriladi.
Yakunlangan hafta OAVda Rossiya gvardiyasi boşliği Viktor Zolotovning faolligi ham sezilarli böldi. U sönggi oylarda köproq soyada qolayotgandi (Putin bilan tungi uçraşuvda u ham bor edi). Zolotov jurnalistlar bilan Rosgvardiya jangçilari Moskvani qanday himoya qilmoqçi bölgani haqida faol suhbatlaşdi va gvardiya yaqin kelajakda oğir qurollar va tanklar olişi haqidagi ma’lumot bilan örtoqlaşdi. Uning gaplaridan Rossiya gvardiyasi özining kiçik armiyasini yaratmoqçi degan xulosaga keliş mumkin.
Putin va xavfsizlik kuçlarining faolligi köplab jurnalistlar va ekspertlarni Kreml yaqin oylarda butunlay eski va sinovdan ötgan, eng muhimi, hukumatga sodiq kadrlarga tayanadi, degan xulosaga kelişga undagan. Rasmiy hokimiyat vertikalga kirmagan (ya’ni Prigojin kabi) odamlarni faol qöllab-quvvatlaş böyiça tajriba esa muvaffaqiyatsiz tugadi.
Putin 26 iyun kuni kuçişlatar tuzilmalar rahbarlari bilan uçraşuv çoğida
Foto: VALERY SHARIFULIN/TASS
Lekin yuzaga kelgan vaziyatdan aybdorlarni qidirmasdan ötib ketiş dargumon. Sönggi kunlarda Rossiyaning oxirgi vaqtlardagi eng maşhur harbiy rahbarlaridan biri general Sergey Surovikin e’tibor markazida turibdi. Suriyadagi guruhning sobiq komandiri Surovikin Ukrainada jang qilayotgan qöşinlarga ham qisqa muddat rahbarlik qilgandi. Aynan u 2022 yil kuzida Xersonni tark etiş töğrisida rasman «qiyin qaror» qabul qilgan. Keyinçalik uning örniga Boş ştab rahbari Gerasimov keldi, ammo Surovikin uning örinbosari bölib qoldi. Ğarb matbuotida uni «general Armageddon» deb ataşadi.
Surovikin Prigojin maqtov bilan gapirgan kam sonli rus harbiy rahbarlaridan biri edi. 2023 yil bahorda tadbirkor general «snaryad taqçilligi» tufayli yuzaga kelgan mojaro fonida yollanma askarlar va armiya örtasida öziga xos vositaçiga aylangani haqida xabar berdi. Öşanda Prigojin harbiy rahbariyatni Baxmutga hujum qiliş uçun zarur bölgan öq-dorilarning sun’iy yetişmovçiligini yaratişda ayblagandi.
23 iyun kuni keçqurun, isyonning birinçi kunida, Surovikin Prigojinga isyonni töxtatişni sörab murojaat qildi. Öşandan beri uni heç kim körmagan. 28 iyun kuni keçqurun u hibsga olingani haqida miş-mişlar tarqaldi. Financial Times gazetasi general söroq uçun uşlab turilgani haqida xabar berdi. Bloomberg ham xuddi şu haqda yozdi va 30 iyunga ötar keçasi razvedka ma’lumotlariga tayangan holda New York Times ham şu mazmunda xabar çiqardi. «Vajnyye istorii» Rossiya Boş ştabiga yaqin ikki manbaga tayanib, Surovikin göyoki söroq qilingani, ammo keyin qöyib yuborilgani haqida xabar berdi. Kreml bunga izoh berişdan boş tortdi.
Surovikinga qarşi qanday e’tirozlar paydo bölgani (va ular umuman mavjudligi) noma’lum. New York Times va Wall Street Journal’ning yozişiça, general isyonga tayyorgarlik haqida oldindan bilgan. Financial Times Surovikin isyonga aloqadorlikda gumon qilingani uçun emas, balki Prigojin bilan iliq munosabatlari tufayli xavfsizlik kuçlari e’tiboriga tuşgan bölişi mumkinligini yozgan. Şunday yoki boşqaça bölişidan qat’i nazar, armiyada «tozalaş» boşlangani haqida gapirişga hali erta, ammo oçiq isyonga yöl qöygan rus xavfsizlik kuçlariga e’tibor kuçayişining oldini oliş mumkin emas.