Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqining navbatdagi sanksiyalar paketiga O‘zbekiston kompaniyalari kiritilishi mumkin – OAV
Rossiyaga qarshi sanksiyalar paketiga Xitoy, BAA, Turkiya, Serbiya, Vetnam va O‘zbekiston kompaniyalari kiritilishi kutilmoqda.
Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlarning elchilari Rossiyaga qarshi 17-sanksiya paketini oldindan kelishib oldi. Ular Rossiyaning «maxfiy floti» tarkibiga kiruvchi kemalar, shuningdek, Xitoy, BAA, Turkiya, Serbiya, Vetnam va O‘zbekistondagi kompaniyalarga ta’sir qiladi. Bloomberg va Financial Times (FT) xabarlariga ko‘ra, ushbu kompaniyalar energiya sotishdagi cheklovlarni chetlab o‘tishga yordam bermoqda.
FT ma’lumotlariga ko‘ra, 149 ta tanker va 60 ta kompaniyaga cheklovlar qo‘yiladi. Ularning nomi xabarda keltirilmagan.
Sanksiyalar paketining rasman tasdiqlanishi kelasi hafta kutilmoqda.
«Bu chora-tadbirlar Moskvaga bosimni saqlab qolishga qaratilgan, shu bilan birga Yevropa AQSh prezidenti Donald Trampning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha vositachilik urinishlari hozircha unchalik muvaffaqiyat bermaganidan so‘ng, muzokaralardan chiqib ketishidan xavotirda», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, agar Moskva o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh torsa, YeI Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar paketini e’lon qilmoqchi.
Mavzuga oid
08:50 / 26.06.2026
YeI Rossiya harbiylari uchun kirishni taqiqlamoqchi
17:36 / 24.06.2026
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz tashkil etishi mumkin - OAV
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45 / 18.06.2026