Turk ishbilarmonlari O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida loyihalarni amalga oshirishi mumkin
Istanbulda turk tadbirkorlarini O‘zbekiston bozoriga jalb etishni yanada jadallashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi diplomatlari taniqli turk ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda Turkiy davlatlar tadbirkorlari, Xalqaro o‘zbek sanoatchilari, tadbirkor va ilm insonlari hamda O‘zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik jamiyatlari vakillari, Turkiyaning ARGIZA, ALL SEASONS HOTEL, KISIAD, SIDRE EPCM kabi yetakchi kompaniyalari rahbarlari qatnashdi.
Tadbir davomida «O‘zbekistonga investitsiya kiritish imkoniyatlari» mavzusida taqdimot o‘tkazildi. Unda, mamlakatda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar, xorij kapitali kiritgan norezidentlarga taqdim etilayotgan soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar, transport-logistika imkoniyatlari, Markaziy Osiyo hududi bozori haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, turk ishbilarmonlari bilan to‘qimachilik sohasida O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari xususida fikr almashildi. Turkiyaning Gebze shahridan kelgan tadbirkorlar O‘zbekiston hududlari va ushbu mintaqa o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.
Mavzuga oid
13:29 / 07.11.2024
O‘zbekiston va Xitoy aniq qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
14:30 / 02.11.2024
DXSh loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
14:20 / 07.10.2024
Koreya O‘zbekistonda innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildiryapti
20:58 / 19.09.2024