Jahon | 22:35 / 05.07.2023
14082
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada ommaviy tartibsizliklar tugagani e’lon qilindi 

27 iyun kuni boshlangan va ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketgan norozilik namoyishlari barham topdi. 

Foto: EPA-EFE

Fransiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Jyerald Darmanen ommaviy tartibsizliklar tugaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlaridan Fransiya Senati matbuot xizmati iqtibos keltirmoqda. 

«Biz butun Fransiya bo‘ylab osoyishtalik qaytganini tasdiqlaymiz», dedi vazir. 

Shu bilan birga, Darmanen huquq-tartibot idoralari hamon safarbarlikni kuchaytirish rejimida ekanini aytdi. 

Bungacha Fransiya bosh vaziri Elizabet Born ham mamlakat bo‘ylab boshlangan tartibsizliklar bilan bog‘liq vaziyat deyarli butunlay normal holatga qaytganini ma’lum qildi. 

Ammo bir kun avval Fransiya prezidenti Emmanuel Makron respublikada keng ko‘lamli tartibsizliklar avjiga chiqqanini aytgan edi. 

Fransiyada norozilik namoyishlari 27 iyun kuni kechqurun Parij chekkasida 17 yoshli o‘smirning politsiya qo‘lida o‘lgani ortidan boshlangan edi. 29 iyunga o‘tar kechasi namoyishchilar mashinalarga o‘t qo‘ydi, do‘kon oynalarini sindirdi, politsiyachilarga hujum qildi va barrikadalar qurdi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid