Sovetlardan salom

Qöşib yoziş (“pripiska”) – sovet davrida paydo bölgan va öşa tuzumning mohiyatidan kelib çiqqan illat. Çunki sovet tuzumi mafkurasida xususiy mulkçilikka barham beriş ğoyasi bölgan va bu ğoyani 20-asrda aynan sotsialistik mamlakatlar hayotga tatbiq etişga harakat qilgan.

Mulk xususiy emas, davlatniki bölsa, moddiy manfaatdorlik stimuli işlamaydi. Demak, işlarning rivojini köp jihatdan:

– ma’muriy majburlov,

– nazorat,

– “yaxşi işlamaganlik” uçun turli jazo çoralarini qöllaş ta’minlaydi.

Aynan şunday şaroitda “pripiska” qiliş ehtiyoji paydo böladi: maqsad samara emas, “rejani bajariş” va jazodan qoçib qoliş bölgani uçun, qöşib yozişga stimul paydo böladi.

Biz hozir tarixda qolgan sovet tuzumi haqida gapiryapmiz. Savol: nega unda yangi Özbekiston şaroitida “pripiska” gullayapti? Axir sovet tuzumidan voz keçilganiga 31 yil böldi!

“Jipiriqlik” va “jinnilik”

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda Özbekiston prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantiriş, investitsiya va taşqi savdo siyosatini amalga oşiriş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari Şuhrat Ğaniyev videoselektorda bir qança tumanlarda takroriy ekin madonlari aqbovar qilmas hajmda qöşib yozilganini aytadi va öz uslubida holatga va buni qilgan hokimlarga munosabat bildiradi.

“Katta xolangni çorvoğimi bu, Muxtor, bu nima qilganing, 6200 gektar yozib yuboribsan! Gapir, Muxtor. Hozir borib ölçaymi? Nima qilasan bunaqa yolğon ma’lumot berib. Kimni aldayapsan?” – deydi Ğaniyev Nişon tumani hokimiga qarata.

Takroriy ekinlarni qöşib yozgani uçun Qarşi tumani hokimini u “jipiriq” deb atadi: “Qarşi tumani 5830 gektar ekib taşlabdi... 3315 ta xonadonga 1100 gektar ektirib taşlabdi... San jipiriq raqamlarni körmayapsanmi? Işlamayapsanmi takroriy ekin böyiça, jipiriq?”

“Hozir çaqirasiz prokuraturaga Kosonning hokimini, Qarşining hokimini, Nişonning hokimini, Mirişkorning hokimini, xöpmi?” – deydi Şuhrat Ğaniyev prokuratura mas’uliga qarab.

U Kasbi tuman hokimi Töxtamurod Meyliyev bergan ma’lumotni prokuraturadan odam yuborib tekşirtirişini aytadi. Navoiy viloyati Xatirçi tumani rahbariyatini “jinni” deb ataydi. Past Darğom tumani hokimining esa “miyasini joyiga tuşiriş” kerakligini ta’kidlaydi.