Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydan O‘zbekistonga yangi multimodal yo‘nalish bo‘yicha konteyner poyezdi jo‘natildi
Langfan – Qashqar – Irkeshtom – O‘sh – Toshkent yangi multimodal yo‘nalishida konteynerli blok-poyezdini jo‘natish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Transport vazirligi
O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Langfandan (Xitoy) harakatlanuvchi tarkibida qurilish materiallari bo‘lgan 41 ta vagon bo‘lgan birinchi poyezd safarga chiqdi.
Butun yo‘lning masofasi 6000 kilometrni tashkil etadi va yukning umumiy og‘irligi 1000 tonnadan oshadi. Safar vaqti taxminan 12 kunni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda ushbu yo‘nalish (quruqlikdagi) Xitoydan O‘zbekistonga yuklarni yetkazib berish uchun eng qisqa va eng tezkor yo‘nalish hisoblanadi.
Yangi multimodal yo‘lak bo‘ylab tashish jarayoni jo‘nash punktidan temir yo‘l orqali Qashqar (Xitoy) temiryo‘l stansiyasigacha amalga oshiriladi.
Keyin esa, yuklar avtotransportga ortilib O‘sh (Qirg‘iziston) temiryo‘l stansiyasiga yetkaziladi. O‘sh stansiyasidan esa Toshkentgacha yuklar temiryo‘l orqali yuk poyezdi tarkibida yetkaziladi.
Mavzuga oid
20:55 / 09.02.2026
Hongkongda media magnat Jimmi Lay 20 yilga qamaldi
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
23:10 / 06.02.2026