Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesish tartibi ma’lum qilindi
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga sanitariya maqsadlarida, shuningdek, bino, inshoot va kommunikatsiyalarni qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq holatlarda yo‘l qo‘yiladi.
Foto: Kun.uz
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabariga ko‘ra, daraxtlar va butalarni kesish to‘lov asosida amalga oshiriladi, sanitariya maqsadida kesish hollari bundan mustasno.
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berish (olish) Vazirlar Mahkamasining «Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida» 2022 yil 22 fevraldagi qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqish muddati davomida:
– hujjatlarni tekshiradi;
– zaruratga ko‘ra boshqa davlat organlarida mavjud, qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni «Lisenziya» AT orqali mustaqil ravishda oladi;
– daraxtlar va butalar holatini joyiga chiqib o‘rganadi;
– daraxtlar va butalarni kesish bo‘yicha jamoatchilik eshituvini amalga oshiradi va uning xulosasini shakllantiradi;
– daraxtlar va butalarni saqlab qolish imkoniyatlarini, shu jumladan, ko‘chirib o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi hamda ko‘chirib o‘tkaziladigan daraxtlar va butalarning soni, turi, muddatlari va ko‘chirish joyini aniqlaydi;
– saqlab qolishning iloji bo‘lmagan taqdirda, kesilishi lozim bo‘lgan daraxtlar va butalar sonini belgilaydi hamda kompensatsiyaviy ekiladigan daraxtlar va butalarning soni, turi hamda ekish muddati va joyini aniqlaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesilgan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan yirik o‘lchamli (daraxt – 5 yillik, buta – 3 yillik) ko‘chatni ekish hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyat yuklatiladi.
Daraxtlar va butalarni ko‘chirib o‘tkazish ishlari Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari vakillari ishtirokida yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari yoki ijarachilari tomonidan amalga oshiriladi.
Sanitariya maqsadida daraxtlar va butalarni kesish:
– quriyotgan yoki qurib qolgan;
– dekorativ xususiyatini yo‘qotish natijasida hovli, ko‘cha va boshqa jamoat joylarining ko‘rinishini buzib turgan;
– kasallikka chalingan;
– kasallik tarqatuvchi hayvonlar va hasharotlarning manbaiga aylangan;
– odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan holatlarda amalga oshiriladi.
Sanitariya maqsadida daraxtlar va butalarni kesish:
– shaharlar va tumanlar markazidagi ko‘chalarda hamda zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari;
– mahallalar hududlari hamda ko‘p kvartirali uylar oralig‘i va atrofida, shu jumladan, ko‘chalar va boshqa aholi punktlarida — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari, shuningdek, jismoniy shaxslarning murojaatiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari;
– tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;
– umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining tashkilotlari;
– umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar bo‘ylarida — «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tashkilotlari;
– daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar bo‘ylarida — tegishliligi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati va suv xo‘jaligi organlari;
– fermer xo‘jaliklari yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari tomonidan amalga oshiriladi.
Kesish, butash va ko‘chirib o‘tkazish ishlarida hosil bo‘lgan chiqindilarning (shox-shabba, barglar va boshqa kesish ishlari qoldiqlari) olib chiqib ketilishi, shuningdek, buzilgan yerlarning qayta tiklanishi ushbu ishlarni amalga oshirgan mas’ullar tomonidan bir sutka davomida ta’minlanishi shart.
Mavzuga oid
15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi
10:01 / 17.03.2025
2024 yil xalqaro reytingda Toshkent havo iflosligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi
10:04 / 16.03.2025
Toshkentda mingdan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilayotgani aniqlandi
21:27 / 12.03.2025