O‘zbekiston | 19:47 / 07.07.2023
6446
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Moskva va Sankt-Peterburgga parvozlar sonini ikki barobarga oshirishni taklif qildi 

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi poytaxtlar o‘rtasidagi haftalik reyslar sonini ikki barobarga oshirib, 25 tadan 50 taga yetkazmoqchi. 

Foto: RIA Novosti

O‘zbekiston Fuqaro aviatsiyasi agentligi (O‘zaviatsiya) Rossiya aviatsiya ma’muriyatiga mamlakatlar o‘rtasidagi havo qatnovini ko‘paytirishni taklif qildi. Gap Moskva va Toshkent, shuningdek, Sankt-Peterburg va Toshkent o‘rtasidagi reyslar sonini oshirish haqida ketmoqda. Bu haqda «Vedomosti»ga Rossiya aviakompaniyalaridan biridagi manba ma’lum qilgan. Rossiya transport vazirligi vakili havo qatnovini ko‘paytirish taklifi «kun tartibida» ekanini tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi hukumatlararo kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda. Jumladan, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi poytaxtlar o‘rtasidagi haftalik reyslar sonini ikki barobarga oshirib, 25 tadan 50 taga yetkazmoqchi, Sankt-Peterburg va Toshkent o‘rtasidagi parvozlarni haftasiga 7 tadan 14 taga oshirish taklif etilmoqda.

Rossiya aviakompaniyalarida O‘zbekiston havo hududida parvoz qilishi mumkin bo‘lgan ikki tomonlama ro‘yxatga olishdan «tozalangan» samolyotlar yetishmayapti. Shu bois, mamlakatlar o‘rtasidagi havo qatnovini kengaytirish bo‘yicha ijobiy qaror o‘zbek aviakompaniyalariga qo‘l kelishi mumkin.

Nashrning ta’kidlashicha, O‘zbekistonga reyslarga talab ancha yuqori: 2023 yil birinchi yarmida Moskvadan yo‘lovchi qatnovlari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 95 foizga, yo‘lovchi tashish hajmi esa 89 foizga oshgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid