O‘zbekiston | 12:17 / 08.07.2023
47295
3 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

Sinoptiklar 10-12 iyul kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi 10 iyulda +35...+40 daraja, 11-12 iyulda +37...+42 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +25...+30 daraja, kunduzi 10 iyulda +38...+43 daraja, 11-12 iyulda +40...+45 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 iyulda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja, 11-12 iyulda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +24...+29 daraja, kunduzi 10 iyulda +38...+43 daraja, 11-12 iyulda +40...+45 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi 10 iyulda +33...+38 daraja, 11 iyulda +35...+40 daraja, 12 iyulda +37...+42 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, 10 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 11-12 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 iyul kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja, 11-12 iyulda kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid