Jahon | 10:16 / 08.07.2023
13501
2 daqiqa o‘qiladi

Nemis razvedkasi Lukashenko va Prigojin o‘rtasidagi muzokaralarni tinglagan

Germaniya Federal razvedka xizmati Prigojinning isyoni haqida oldindan bilmagan, shuning uchun u ichki tekshiruv o‘tkazadi. Boshqa tomondan, BND Lukashenkoning «Vagner» XHK rahbari bilan muzokarachi sifatidagi roli haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri bilib olgan.

Foto: possen.com

Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) Yevgeniy Prigojinning isyon ko‘tarishga urinishi haqida avval o‘ylanganidan ko‘ra yaxshiroq xabardor bo‘lgan. Xususan, u Aleksandr Lukashenko va «Vagner» XHK asoschisi o‘rtasidagi telefon suhbatlarini tinglagan, deb xabar berdi Germaniyaning NDR va WDR telekompaniyalari 7 iyul, juma kuni manbalarga tayanib. 

Shu tariqa, nemis razvedka xizmati Lukashenkoning «Vagner» XHK va Rossiya hukumati o‘rtasidagi vositachi roli haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri bilib olgan, deya xabar beradi nemis matbuoti. Avvalroq BND, xorijiy razvedka xizmatlaridan farqli o‘laroq, isyonga tayyorgarlik haqida bilmagani va bunga tayyor emasligi ma’lum bo‘lgan edi. Xususan, Germaniya kansleri Olaf Shols 28 iyun kuni nemis razvedkasi Prigojin va uning jangchilarining rejalari haqida «oldindan bilmaganini» aytdi. Shu sababli, BND iyun oyi oxirida ichki tekshiruvni boshladi, deb xabar beradi Der Spiegel. 

Nemis siyosatchilari BND’ni hodisadan bexabar qolgani uchun tanqid qildi. Razvedka bo‘yicha ekspert Uli Gryoch Welt am Sonntag nashriga bergan intervyusida bu voqea «BND’ning boshqa yirik razvedka agentliklari bilan yomon aloqalari haqida yana bir bor ma’lumot beradi» dedi. Bundestagdagi tashqi siyosat masalalari bo‘yicha ekspert Ulrix Lexte: «BND’ning Rossiya ichki ishlari bo‘yicha ma’lumotlari yetarlicha edi», dedi. 

Mavzuga oid