“Amaldagi qonunlarimizda saylovga oid qonunçilikni buzganlik uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik ham belgilangan bölib, bundan saylov jarayoni iştirokçilarining qonunçilikka töliq rioya etişlari va huquqlari samarali amalga oşirilişini ta’minlaş kafolati közlangan.
Saylovga tayyorgarlik köriş jarayonlari boşlanganidan bugungi kunga qadar saylovni taşkil etiş hamda ötkaziş, jumladan saylov ötkazuvçi komissiyalarning faoliyatiga aralaşiş, ularning işiga tösiqlarni yuzaga keltiriş, saylov ötkazuvçi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik, ularning murojaatlarini körib çiqişni ğayrihuquqiy ravişda rad etiş, ularni körib çiqiş muddatlarini uzrli sabablarsiz buziş bilan boğliq ma’muriy huquqbuzarlik işlari sudlarga kelib tuşmagan”, deya Xalilullo Töraxöjayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Oliy sud mulozimining ta’kidlaşiça, saylovga qöyilgan masalalar yuzasidan taşviqot olib boriş şartlari va tartibini buziş, saylovga tayyorgarlik köriş va saylov ötkaziş jarayonida axborot hamda taşviqot materiallarini qasddan yöq qilib yuboriş yoki ularga qasddan şikast yetkaziş bilan boğliq bölgan qoidabuzarlik uçun biron-bir şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilmagan.
“Şu bilan birgalikda, saylovni taşkil qiliş, uni ötkaziş vaqtida mansabdor şaxslar, siyosiy partiyalar yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining vakillari yoxud saylov komissiyalari a’zolari tomonidan ovoz berişning yaşirinligini buziş, saylov hujjatlarini qalbakilaştiriş, imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritiş, berilgan ovozlarni ataylab notöğri hisoblaş, fuqarolarning saylovda erkin iştirok etişlariga zörlik işlatiş, qörqitiş, aldaş yoki oğdirib oliş yöli bilan tösqinlik qiliş bilan boğliq jinoyat işlari ham sudlarning iş yurituviga kelib tuşmadi.
Uşbu davr mobaynida fuqarolar tomonidan saylov ötkazuvçi komissiyalariga huquqlari buzilganligi töğrisidagi murojaatlariga berilgan javoblaridan norozi bölib sudlarga ariza (şikoyat) keltirilmagan. Faqat, keçagi matbuot anjumanida axborot berganimdek davr mobaynida masalaga doir bir dona murojaat kelib tuşgan bölib, belgilangan tartibda körib çiqildi.
Mazkur davr mobaynida fuqarolar tomonidan Saylov komissiyalarning qarorlarini haqiqiy emas, ularning xatti-harakatlarini ğayriqonuniy deb topiş masalasida sudlarga boşqa şikoyatlar kelib tuşmadi”, deydi X.Törajöjayev.
Xorijiy davlatlardagi vatandoşlarimiz uçun Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda jami 56 ta uçastka taşkil etilgan. Oliy sud raisi örinbosariga köra, uşbu saylov ötkazuvçi komissiyalar qarorlarini haqiqiy emas, ularning xatti-harakatlarini ğayriqonuniy deb topiş masalasidagi şikoyatlari Toşkent tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan körib çiqiladi va murojaatlarni sudga elektron şaklda yuboriş mexanizmi yaratilgan. Hozirga kunga qadar bunday murojaatlar kelib tuşmagan.













