Janubiy Koreyada hokimiyatdan çetlatilgan sobiq prezident Yun Sok Yol örinbosarini aniqlaş uçun yangi prezidentlik saylovi 3 iyun kuni bölib ötadi.

Yonhap axborot agentligi hukumatdagi manbalarga tayanib xabar berişiça, sana prezident vazifasini bajaruvçi boş vazir Xan Dok Su raisligidagi Vazirlar mahkamasi yiğilişida tasdiqlanişi kutilmoqda.

Konstitutsiyaviy sud 4 aprel kuni Milliy assambleyaning Yun Sok Yolga nisbatan impiçment töğrisidagi qarorini tasdiqlagan edi. Endi mamlakatda 60 kun içida prezidentlik saylovi ötkazilişi kerak.

2024 yil 3 dekabrda Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Davlat rahbari televideniye orqali xalqqa murojaatida muxolifatni Şimoliy Koreya yordamida konstitutsiyaviy tuzumga putur yetkazişga urinişda aybladi.

14 dekabr kuni parlament Yun Sok Yolga impiçment e’lon qildi. 31 dekabr kuni Seul Ğarbiy okrug sudi tergov söroviga köra Yun Sok Yolni harbiy holat joriy etiş va isyon kötarişga uriniş işida hibsga oliş uçun order berdi. 15 yanvar kuni isyonda ayblangan prezident hibsga olindi. 7 mart kuni hibsdan ozod qilindi.