Buxarestning liberal-progressiv meri Nikuşor Dan Ruminiyada prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçida ğalaba qozondi, deb xabar bermoqda AFP mamlakat saylov byurosi ma’lumotlariga tayanib. Saylov byulletenlarining qariyb 99 foizi hisoblanganidan keyin u 54 foiz ovozga ega bölib, raqibi, 46 foiz ovoz olgan öta öngçi Jorjye Simionni ortda qoldirdi.
Danning ğalabasi Şahar va mintaqaviy sotsiologiya markazi (CURS) va Avangarde ijtimoiy va xulq-atvor tadqiqot guruhi tomonidan ötkazilgan ekzitpollar ma’lumotlari bilan ham tasdiqlandi.
Şu bilan birga, Simion dastlab dastlabki ma’lumotlarni rad etdi va özining ğalabasini e’lon qildi. «Biz bu saylovlarda aniq ğolibmiz. Biz bu ğalabani Ruminiya xalqi nomidan e’lon qilamiz», dedi u Buxarestdagi jonli efirda ovoz beriş uçastkalari yopilgandan keyin tarafdorlariga.
U xuddi şunday bayonotlarni Facebook va X mikrobloglar tarmoğida qilgan. Keyinçalik u mağlubiyatini tan oldi va Danni tabrikladi. «U saylovda ğalaba qozondi va bu Ruminiya xalqining irodasi», deb yozadi Simion.
Ruminiyada prezidentlik saylovining birinçi bosqiçi 4 may kuni bölib ötdi. Natijalarga köra, Simion 41 foizga yaqin, Dan 20,99 foiz ovoz olgan.













