O‘zbekiston | 19:09 / 14.07.2023
4143
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yoqib yuborgan fermerlar javobgarlikka tortildi

Tabiatga yetkazilgan zararning umumiy miqdori 100 million so‘mdan oshgan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasining Qumqo‘rg‘on tumanida o‘tkazgan nazorat tadbirlari davomida bir qancha fermer xo‘jaliklariga tegishli dalalarda g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari yoqib yuborilgani aniqlandi.

Jumladan, «B.F.» fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan 10 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Shuningdek, «H.M.» fermer xo‘jaligi 10 gektar, «E.N.Z.» fermer xo‘jaligi 5 gektar, «K.P.» fermer xo‘jaligi 10 gektar, «E.H.» fermer xo‘jaligi 13 gektar, «Z.R.» fermer xo‘jaligi 7 gektar yer maydonini takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborgan.

Barcha holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi (Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik) 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tabiatga yetkazilgan zararning umumiy miqdori 100 million so‘mdan oshgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid