08:19 / 17.07.2023
3221

Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni qariyb 650 mingga yetdi

Foto: Kun.uz

2023/2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berildi.

2023 yil 16 iyul 18:00 holatiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 645 969 nafarni tashkil etmoqda.

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

  • o‘zbek tili  — 561 070 nafar;
  • rus tili  — 66 094 nafar;
  • qoraqalpoq tili  — 17 046 nafar;
  • boshqa tillar — 1 759 nafar.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • kunduzgi ta’lim shakli — 420 231 nafar;
  • kechki ta’lim shakli — 16 311 nafar;
  • sirtqi ta’lim shakli — 204 914 nafar;
  • masofaviy ta’lim shakli — 4 513 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTM (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • O‘zbekiston milliy universiteti — 25 154 nafar;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 19 309 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 19 299 nafar;
  • Farg‘ona davlat universiteti — 19 268 nafar;
  • Toshkent davlat transport universiteti — 18 757 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

  • Samarqand viloyati — 74 131 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 74 113 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 60 789 nafar;
  • Toshkent viloyati — 57 083 nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 52 605 nafar.
Top