Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga 1,3 milliard dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etadi - Reuters
Bayden ma’muriyati davrida Ukrainaga xavfsizlikni ta’minlash uchun 42 milliard dollardan ko‘proq yordam ko‘rsatildi.
Yaqin kunlarda Qo‘shma Shtatlar Kiyevga 1,3 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qiladi. Bu haqda ikki rasmiyga tayanib Reuters xabar berdi.
Qurollar paketiga havo mudofaasi tizimlari, dronlarga qarshi tizimlar va barraj qiluvchi o‘q-dorilar kiradi.
Qo‘shma Shtatlar «Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi» (USAI) mablag‘laridan foydalanadi, bu esa prezident Jo Bayden ma’muriyatiga AQSh zaxiralaridan emas, balki qurolsoz korxonalardan qurol sotib olish imkonini beradi.
AQSh Kiyev uchun sotib olishni rejalashtirayotgan tizim va o‘q-dorilar orasida L3Harris Technologies tomonidan ishlab chiqarilgan Vehicle-Agnostic Modular Palletized ISR Rocket Equipment (VAMPIRE) deb nomlangan havo mudofaa tizimlari bor.
Bundan tashqari, paketga ikki xil turdagi dronlar kiradi — AVEVEX xususiy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Phoenix Ghost va AeroVironment tomonidan ishlab chiqarilgan Switchblade dronlari. Shuningdek, Ukraina Avstraliyaning DroneShield Ltd kompaniyasidan katta miqdordagi uchuvchisiz tizimlar, radarlar va analitik tizimlarni oladi.
Qurol va tizimlarni yetkazib berish ularning zaxirada borligi va ishlab chiqarish vaqtiga bog‘liq. Paketning mazmuni va narxi ham e’lon qilingan vaqtgacha o‘zgarishi mumkin.
Pentagon 2023 moliya yilida USAI orqali Ukrainaga yetti alohida transhda 10,8 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi. Rejalashtirilgan paket sakkizinchisi bo‘ladi. 2022 yil 30 sentabrda yakunlangan moliyaviy yilda Vashington Ukrainaning mudofaa xaridlari uchun USAI mablag‘laridan 6,3 milliard dollar ajratgan edi.
Umuman olganda, Qo‘shma Shtatlar Bayden ma’muriyati davrida Ukrainaga xavfsizlikni ta’minlash uchun 42 milliard dollardan ko‘proq yordam ko‘rsatdi, jumladan, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan (2022 yil 24 fevral) beri 41,3 milliard dollardan ko‘proq.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
14:46 / 18.06.2026
Moskva yana zarba ostida. Ukraina mingga yaqin dron uchirgan
13:35 / 18.06.2026