Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bavariya» Kim Min Jening transferini e’lon qildi
«Napoli» futbolchisi Kim Min Je faoliyatini Germaniyada davom ettiradi.
Foto: Bavariya
«Bavariya» klubi janubiy koreyalik 26 yoshli himoyachi transferini rasman e’lon qildi. Myunxen klubi Janubiy Koreya milliy jamoasi a’zosi bilan 2028 yilga qadar belgilangan 5 yillik shartnoma imzolagan.
Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, myunxenliklar Kim Min Je transferi uchun «Napoli»ga 50 million yevro to‘lagan.
Ma’lumot uchun, Je o‘tgan mavsum neapolliklar safida Italiya chempionligini qo‘lga kiritgandi. U A Seriyada 35 o‘yinda 2ta golga mualliflik qilgan. Bungacha «Fenerbahche», «Pekin Goan» va «Chonbuk Motors» klubi sharafini himoya qilgan.
Mavzuga oid
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026
Finaldan oldingi final. «PSJ» va «Bavariya» tarixiy o‘yin o‘tkazdi
23:03 / 19.04.2026