Hozirgi davr bolalari, ötgan asrdagi tengdoşlaridan farqli, töqçilikda va axborot muhitida ulğayyapti, şunga köra tezroq sotsiallaşyapti. Şunga qaramay, Özbekistonda hatto yanvar oyida tuğilgan bolalar ham 7 yoşga tölmay turib maktabga qabul qilinmayapti. Kun.uz buning sabablari va oqibatlari haqida ta’lim eksperti, psixolog va iqtisodçi bilan suhbat uyuştirdi.

YuNESKOning ötgan yilgi örganişlariga köra, bola tuğilganidan to 8 yoşgaça miya rivojlanişining eng gullagan vaqtidan ötadi. Ya’ni aynan şu yoş oraliğida bolalarning ta’lim olişi uçun bor salohiyati namoyon böladi. Bu esa ularning keyinçalik ulğaygaç jamiyatda öz örnini topişi, iqtisodiy, ijtimoiy, fuqarolik hayotida samarali iştirok etişi uçun zamin böladi. Demak, bu jarayonda boğça hamda maktabga qaysi yoşda çiqişning ham ahamiyati bor.

Özbekiston hukumati 2019 yil may oyida davlat boğçalariga qabul qiliş yoşini 3 yoş deb belgiladi. Ilgari davlat boğçalari bolalarni 2 yoşdan boşlab qabul qilardi.

Oradan bir ötib, bu borada maktablarga qabul qiliş yoşi ham özgardi. 2020 yilda “Ta’lim töğrisida”gi qonunga özgartiriş kiritildi va 2021-2022 öquv yilidan boşlab öquvçilar birinçi sinfga 7 yoşga töladigan yilda qabul qilinadigan böldi.

Maktablarga qabul davom etayotgan ayni kunlarda Kun.uz muxbiri ta’lim böyiça ekspert Komil Jalilov, psixolog Zebiniso Ahmedova va iqtisodçi Otabek Bakirov bilan boğça va maktabga qabul yoşi masalasida suhbatlaşdi.

– Bolani boğçaga 3 yoşdan, maktabga 7 yoşdan qabul qilinayotganiga munosabatingiz qanday? Aslida ularni neça yoşdan qabul qiliş kerak, sizningça?

Komil Jalilov

Komil Jalilov: