Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident maxsus vakili Yevropa Konfliktologiya markazi maslahatchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Yevropa tinchlik instituti Konfliktologiya markazi maslahatchisi Patrik de Vri bilan video-konferens-aloqa shaklida muloqot o‘tkazdi.
Foto: Dunyo
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, dunyo davlatlarining ushbu mamlakatni iqtisodiy jihatdan tiklash, afg‘on xalqiga humanitar va boshqa yordamlar ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.
Yevropa tomoni O‘zbekiston tomonining Afg‘onistonning yangi hukumatiga nisbatan hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashdagi dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan birlashgan mintaqaviy pozitsiyani ishlab chiqish borasidagi qo‘ygan pragmatik qadamlarini baholadi.
Patrik de Vri Yevropa davlatlarining O‘zbekiston bilan Afg‘oniston yo‘nalishida kelishilgan harakatlari muhimligini alohida ta’kidladi.
Mavzuga oid
09:30 / 23.10.2025
Afg‘oniston muammosi: O‘zbekiston va Britaniya konstruktiv yechim izlamoqda
07:41 / 03.09.2025
O‘zbekiston va Eron Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi
13:10 / 02.09.2025
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Germaniya delegatsiyasini qabul qildi
19:03 / 14.08.2025