Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev Eron taşqi işlar vaziri yordamçisi - Janubiy Osiyo böyiça departamenti direktori Muhammad Rizo Bahromiy bilan uçraşdi.
TIV ma’lumotiga köra, muloqot çoğida Afğoniston yönalişidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlik mavzulari muhokama qilindi.
Tomonlar Özbekiston va Eron örtasidagi muntazam va konstruktiv muloqotni davom ettirişdan özaro manfaatdor ekanini tasdiqladi hamda ikki va köp tomonlama formatlarda muntazam maslahatlaşuvlarni davom ettirişga kelişib oldi.












