Suhbatda siyosiy-diplomatik va savdo-iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik hamda Afğoniston böyiça ikki va köp tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Taşqi işlar vazirligi ma’lumotiga köra, tomonlar ikki tomonlama aloqalarning ösib borayotgan dinamikasini qayd etdi va hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga özaro qiziqiş bildirdi.
Uçraşuvda xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, jumladan Afğonistonda barqarorlikka kömaklaşiş böyiça amaliy yönalişlar körib çiqildi.
Muloqot konstruktiv ruhda ötdi va Özbekiston–Buyuk Britaniya örtasidagi amaliy munosabatlarni yanada rivojlantirişdan özaro manfaatdorlik tasdiqlandi.












