O‘zbekiston | 11:03 / 27.07.2023
28693
3 daqiqa o‘qiladi

28 iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 28 iyul, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +25...+27 daraja, kunduzi +35...+37 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +25...+30 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +25...+30 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid