Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Vengriya, Ozarboyjon va Yaponiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Davlat rahbari bu mamlakatlar bilan kelishilgan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, bu borada mas’ullar va investitsiya menejyerlari ishini jonlantirish zarurligini ta’kidladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 iyul kuni Vengriya, Ozarboyjon va Yaponiya bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Qayd qilinishicha, avvalroq Vengriya bilan 33 ta, Ozarboyjon bilan 27 ta, Yaponiya bilan 13 ta loyiha bo‘yicha kelishuvlar imzolangan. Yig‘ilishda ushbu loyihalarning ijro holati, ularni amalga oshirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tizim haqida axborot berildi.
Vengriya bilan hamkorlikda parrandachilik klasteri tashkil etish, aviakompaniya ochish, dori-darmonlar, butlovchi qismlar va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Ozarboyjon bilan energetika, kimyo, transport, mashinasozlik, qurilish sohalarida hamkorlik qilinmoqda.
Yaponiya bilan loyihalar ko‘lami ham keng: energetika, turizm, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, to‘qimachilik, chorvachilik.
Vengriya, Ozarboyjon va Yaponiya bilan sheriklikdagi ushbu loyihalar natijasida 8 mingdan ziyod yangi ish o‘rni, qariyb 1 milliard 700 million dollarlik eksport imkoniyati yaratilishi nazarda tutilgan.
Davlat rahbari loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, bu borada mas’ullar va investitsiya menejyerlari ishini jonlantirish zarurligini ta’kidladi.
Ikki tomonlama muloqotlar, jumladan, ishbilarmon doiralarning o‘zaro tashrifini tashkil etish orqali yangi loyihalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Sanoat, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, xizmatlar, ta’lim va innovatsiyalar hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.
Mavzuga oid
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
11:42 / 01.12.2025
Ukraina tadbirkorlari O‘zbekistonga investitsiya kiritishga qiziqish bildirdi
08:11 / 23.11.2025
Serjio Gor AQSh-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashiga rahbarlik qiladi
09:43 / 19.11.2025