2023 yilning aprel oyida muntazam armiya va harbiylaşgan «Tezkor qöllab-quvvatlaş kuçlari» (RSF — Rapid Support Forces) örtasida qurolli mojaro boşlanganidan beri Sudan böylab önlab ayollar jinsiy zöravonlikka uçragan. Mamlakat ğarbidagi Darfur mintaqasida fuqarolar uruşi fonida qora tanli mahalliy aholiga qarşi terror, jumladan, ayollarni zörlaş uning asosiy elementlaridan biri sifatida qayta tiklandi.

BBC Arab xizmati muxbiri köplab sudanlik ayollar bilan suhbatlaşdi. Ayollar jurnalistga RSF jangçilari tomonidan zörlanganini aytgan.

Ogohlantiriş: Uşbu maqolada ba’zi muştariylarda kuçli psixologik reaksiya uyğotişi mumkin bölgan ma’lumotlar mavjud.

Koltom nafaqat uni guruh bölib zörlaşlariga çidaydi, balki RSF ning tört nafar jangçisining irqiy haqoratlariga ham duçor böladi.

«Ular şunçaki varvarlar edi. Ular daraxt tagida meni navbatma-navbat zörlaşdi. Men şunçaki, olov yoqiş va isiniş uçun ötin terişga çiqqandim», deya telefon orqali titroq ovozda voqeani aytib bergan ayol.

BBC uşbu ayolning ismini, şuningdek, quyidagi maqolada tilga olingan, zörlaşga uçragan boşqa ayollarning ham ismlarini özgartirgan.

40 yoşlardagi Koltom uruşdan jiddiy zarar körgan Ğarbiy Darfurda yaşovçi Afrikaning qora tanli masalitlar jamoasi a’zosi bölgan va uni zörlaganlar «Tezkor qöllab-quvvatlaş kuçlari»ning arab jangçilari edi.

Uşbu harbiylaşgan guruh tobora irqiy va etnik tus olib borayotgan Darfurdagi mojaro davomida köplab jinoyatlar sodir etişda ayblanmoqda.

Koltom sobiq Masalit qirolligi poytaxti, Darfurdagi qora tanli afrikaliklarning tarixiy markazi bölgan Al-Geneyneda yaşagan. U kasal eri va bolalari bilan u yerdan qoçişga majbur böladi.

Koltomning aytişiça, uni zörlaganlar ayolga şaharni tark etişni buyurgan, çunki bu şahar «arablarga tegişli». Mintaqadagi köplab qora tanlilar RSF «Janjavid» deb nomlanuvçi mahalliy qurolli tuzilma bilan birgalikda, etnik jihatdan xilma-xil bölgan mahalliy aholi ustidan arab boşqaruvini örnatişga intilmoqda, deya gumon qilyapti.

Sudandagi fuqarolar uruşi 2023 yil aprel oyi örtalarida, armiya qömondoni Abdulfattoh al-Burhon va RSF qömondoni, Hemeti nomi bilan tanilgan Muhammad Hamdon Dagalonin ziddiyatidan keyin boşlandi.

Ularning adovati Darfurda dastlab 2003 yilda boşlangan va 300 mingga yaqin odam ölimiga sabab bölgan mojaroni qaytadan alangalatdi.