Sudanda davom etayotgan qurolli töqnaşuvlar fonida bolalar oçlik yoqasida, dedi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) boş direktori Tedros Adhanom Gebreyyesus.

X platformasidagi postida Gebreyyesus gumanitar vaziyatning yomonlaşuviga e’tibor qaratib, «bolalar oçlik xavfiga duç kelayotganini va gumanitar xodimlar hayotni saqlab qoliş uçun yordam berişga harakat qilayotganini» ta’kidladi.

Hujumlar oqibatida xodimlarini yöqotgan BMT Jahon oziq-ovqat dasturi va BMT Bolalar jamğarmasi (YuNICeF)ga hamdardlik bildirdi.

JSST rahbari gumanitar xodimlarga qilingan hujumlarni qoraladi va tinç aholi, infratuzilma va missiya xodimlarini zudlik bilan va doimiy himoya qilişga çaqirdi.

«Eng yaxşi dori — tinçlik», deb qöşimça qildi u.