Sudanda davom etayotgan fuqarolik uruşida nafaqat içki siyosiy raqobat, balki taşqi davlatlar manfaatlari ham muhim rol öynaydi. Tahlilçilarga köra Misr, Saudiya Arabistoni, BAA, Isroil va Rossiya kabi davlatlar Sudandagi tabiiy resurslar, suv taqsimoti hamda geosiyosiy manfaatlari yölida foydalanişga intilmoqda. Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar Sudan atrofidagi sönggi jarayonlar xususida söz yuritdi.

Sudanda taşqi kuçlarning qanday manfaatlari mavjud?

Jahongir Akramov: Sudandagi hozirgi inqirozda taşqi öyinçilar ham muhim rol öynaydi. Ulardan biri Misr, qadimdan Sudanga ta’sir qilişga intilgan Misr, sobiq prezident Umar al-Başirning 1973 yildagi uruşlarida Isroilga qarşi kuraşgan şaxs sifatida tarixiy aloqaga ega. Şuningdek, Misr markaziy hokimiyatni qöllab-quvvatlaş orqali geosiyosiy manfaatlarini himoya qilmoqda. Janubiy Sudan ham bu yerda muhim örin tutadi. Janubiy Sudan Kordofan viloyatidagi oltin konlari va boşqa tabiiy resurslar böyiça bir neça marta töqnaşuvlarga guvoh bölgan. Şu sababli u tezkor harakat kuçlarini qöllab-quvvatlaydi. Agar markaziy hokimiyat kuçli bölsa, qöşni davlatlarning neft, oltin va kontrabanda böyiça manfaatlariga zarar yetişi mumkin, şuning uçun ba’zi qöşni davlatlar Sudanda markaziy hokimiyatning kuçayişini istamaydi. Bu borada Çad va Uganda misol böla oladi. Sudandagi asosiy nizolardan biri ham aynan Misr va Efiopiya bilan boğliq, ya’ni Nil daryosining taqsimoti borasida. Agar yagona tizimli davlat yuzaga kelsa, Sudanning suv resurslarini boşqariş imkoniyati oşadi, bu esa geosiyosiy manfaatlarga bevosita ta’sir qiladi. Şu sababli hududda Misrning roli katta. Taşqi öyinçilardan Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklarining Sudandagi manfaatlari ham katta. Şu bilan birga, Yamandagi mojaro natijasida ularning manfaatlari ba’zan töqnaşadi. Isroil ham bu öyinçilardan biri, masalan, 2019 yilda Umar al-Başir ağdarilganidan keyingi hukumat Isroil bilan aloqalarni tan olgan. Isroil va Saudiya hamkorligi mintaqaviy frontni şakllantirişga xizmat qiladi. Rossiyaning roli ham muhim. Rossiya–Ukraina uruşi boşlanganidan keyin, u Afrika davlatlarida Ğarb manfaatlariga qarşi harakat qilayotgan kuçlarni qöllab-quvvatlaş orqali ta’sir doirasini kengaytirişga intilmoqda. Buning yaqqol misolini Mali, Niger va Burkina-Fasoda yoş harbiy kapitanlar va xuntalarning hokimiyat tepasiga kelişi orqali köriş mumkin. Şu yöl bilan Rossiya Sudandagi “Tezkor harakat kuçlari” bilan hamkorlik qiladi, proksi guruhlar orqali öz ta’sirini kuçaytiradi. Sudandagi vaziyat şunday qilib murakkablaşgan: nafaqat davlatlar, balki proksi guruhlar ham faol qatnaşmoqda. Misr, Janubiy Sudan, Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari, Isroil va Rossiya kabi öyinçilar öz manfaatlarini himoya qiliş yölida harakat qilmoqda. Şu sababli vaziyat çigallaşib, nazoratdan çiqib ketgan.