2 avgust, çorşanba kuni Özbekiston tijorat banklarida AQŞ dollarining sotuv kursi yangi maksimum – 11 715 sömgaça kötarildi. Beşta bank kassalarida Amerika valutasi şu qiymatda sotilmoqda. Şu tariqa, kurs ilk marta 11 700 sömlik psixologik nuqtadan ötdi.

Banklarda sotuv kursi 11 680 – 11 715 söm oraliğida bölib turibdi. Mijozlar uçun 11 680 sömlik eng manfaatli kursni Ipak yöli banki taklif etmoqda.

Ayirboşlaş şoxobçalarida xaridlar 11 580 – 11 640 sömlik diapazonda keçyapti. Dollarni sömga ayirboşlaş uçun eng manfaatli 11 640 sömlik taklif – Infin bank şoxobçalarida.

Özbekiston Markaziy banki 2 avgust uçun AQŞ dollarining sömga nisbatan rasmiy qiymatini 11 633 söm 11 tiyin deb belgilagan.

MB raisi Mamarizo Nurmurodov ötgan hafta bölib ötgan matbuot anjumanida sömning dollarga nisbatan qadrsizlanişini valuta bozorida talabning oşişi bilan izohlagan edi. Uning sözlariga köra, talabning oşişi, xususan, mavsumiylik omili bilan boğliq: yilning şu davrida köplab yirik kompaniyalar taşqi savdo operatsiyalari böyiça tölovlarni amalga oşiradi.

Nurmurodov, şuningdek, milliy valutaning qadrli yoki qadrsizligiga uning xorijiy valutalarga nisbatan kursiga qarab baho berib bölmasligini aytgandi.

“2017 yildan beri valuta bozorini erkinlaştirganimizdan to bugungi kungaça valuta kursining özgarişi köplab davlatlarning valutasi qadrsizlanişidan ança past böldi. 4 yil davomidagi örtaça yillik qadrsizlaniş sömda 6-7 foizni taşkil qiladi.

Söm 6 oy davomida dollarga nisbatan 3,12 foizga qadrsizlandi. Asosiy savdo hamkorlarimiz Turkiya, Rossiya, Xitoy bilan soliştirsak, dollarga nisbatan ularning valutasi sömga qaraganda köproq qadrsizlandi. Şu nuqtayi nazardan, ularning milliy puli qadrli, bizniki qadrsiz deb taqqoslaş töğri emas”, – degandi u.

Markaziy bank rahbariga köra, butun dunyoda valuta qadri iqtisodiy ösişga boğliq. Ya’ni iqtisodiyotning barqaror ösişi, iqtisodiyotning taşqi iqtisodiy faoliyatdagi inklyuziv rivojlanişi – milliy valuta kursiga ta’sir qiluvçi eng asosiy körsatkiçdir.

AQŞ dollarining sömga nisbatan qiymati 11 600 sömlik psixologik nuqtaga yetişi 5 iyul kuni