Sönggi kunlarda Özbekistonda AQŞ dollarining kursi yuqorilab bormoqda. 5 iyul, çorşanba kuni valuta ayirboşlaş şoxobçalariga ega tijorat banklarining qariyb yarmi yoki öndan ortiği 1 AQŞ dollarini 11 600 sömdan sota boşladi.

Eng arzon sotuv kursini Madad Invest Bank (11 550 söm) va Tenge Bank (11 570 söm) taklif etmoqda.

Banklar AQŞ dollarini 11 490 – 11 540 söm oraliğidagi narxlarda sotib olmoqda. Dollarni sömga ayirboşlaşni istovçilar uçun eng manfaatli kursni Sanoatqurilişbank (11 540), Mikrokreditbank va Ipotekabank (11 535 sömdan) taklif etmoqda.

Markaziy bank 5 iyuldan boşlab AQŞ dollarining özbek sömiga nisbatan rasmiy kursini 11 541,00 söm (+6,01) deb belgilagan.

Eslatib ötamiz, sömning dollarga nisbatan qadrsizlanişining tarixiy maksimumi Rossiyaning Ukrainaga bosqini boşlanganidan biroz vaqt ötib, 18 martga töğri kelgan, öşa kungi rasmiy kurs 11 571,99 sömni taşkil etgandi.

Bugun, 5 iyul holatiga belgilangan rasmiy kurs – 2022 yil 24 martdan keyingi davrdagi eng yuqorisi.