Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Koreya mudofaa vazirlari Toshkentda ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi
Koreya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Li Jong Sup boshchiligidagi ushbu mamlakat harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Foto: mudofaa.uz
Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtda o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-leytenant Bahodir Qurbonov koreyalik hamkasbini O‘zbekistonga uyushtirgan tashrifi bilan qutladi.
Ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirishda istiqbolli takliflar bilan chiqdi.
Uchrashuvdan so‘ng Koreya Respublikasi harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston qurolli kuchlari akademiyasiga yo‘l oldi. Bu yerda mehmonlar akademiya faoliyati va infratuzilmasi bilan tanishdi.
Mazkur tashrif davomida ikki davlat mudofaa idoralari o‘rtasida hamkorlikda olib borilayotgan harbiy ta’lim masalalarining joriy holati hamda istiqbollari yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida fikr almashildi.
Mavzuga oid
14:21 / 12.02.2026
PURL: London Kiyev uchun AQSh qurollariga 150 mln funt ajratadi
08:32 / 12.02.2026
YeI mudofaa vazirlari: Kiyevga yordam uchun 90 mlrd yevro yetarli bo‘lmaydi
10:17 / 03.02.2026
Mudofaa xarajatlari oshadi: Fransiyada 2026 yil budjeti qabul qilindi
12:50 / 02.02.2026