O‘zbekiston | 13:34 / 04.08.2023
9505
1 daqiqa o‘qiladi

Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda davlat rahbarlari qardosh xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga asoslangan O‘zbekiston-Turkmaniston chuqurlashgan strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda kengayib borayotgani qayd etildi.

Oliy darajadagi kelishuvlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Hukumatlar, vazirlik va idoralar o‘rtasidagi aloqalar tizimli tus olgan.

O‘zaro savdo hajmi oshib bormoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida manfaatli hamkorlik kengaymoqda. “Shovot-Toshovuz” qo‘shma savdo zonasini tez fursatda ishga tushirish zarurligi qayd etildi.

Birgalikdagi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlar o‘rtasidagi almashinuvlar va madaniy-humanitar aloqalarni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

Mavzuga oid