Latviya 6000 ga yaqin rossiyalikdan mamlakatni tark etishni so‘rashi mumkin
Sentabr oyida Latviyadagi minglab rossiyaliklar Fuqarolik va migratsiya ishlari boshqarmasidan uch oy ichida mamlakatni tark etishni talab qiluvchi xat olishi mumkin.
Sentabr oyida Latviyada doimiy yashovchi bir necha ming Rossiya fuqarolari Fuqarolik va migratsiya masalalari boshqarmasidan ushbu mamlakatni tark etish talabini olishi mumkin. Seymning Fuqarolik, migratsiya va ijtimoiy hamjihatlik komissiyasi rahbari Ingmar Lidakining so‘zlariga ko‘ra, gap Yevropa Ittifoqida doimiy rezident maqomini olish uchun majburiy bo‘lgan latish tilidan imtihonga yozilmaganlar va doimiy yashash uchun ruxsatnomani uzaytirish uchun hujjatlarni taqdim etmaganlar haqida boryapti.
«Bular na imtihon topshirishni, na vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olishni istamagan odamlar. Ya’ni, jim o‘tirganlar. Agar qonunga hozir qarasangiz, Fuqarolik va migratsiya ishlari boshqarmasi shunchaki talab yuborishi kerak bo‘ladi, so‘ng ular uch oy ichida davlatni tark etishi lozim», dedi u 4 avgust, juma kuni LSM.lv axborot portaliga bergan intervyusida.
Latviya Ichki ishlar vazirligi odamlarning mamlakatni tark etishini talab qiluvchi xatlar hozirdan tayyorlanayotganini va qabul qiluvchilar soni 6000 ga yaqin kishiga yetishi mumkinligini tasdiqladi. «Chetga ketish muddati uch oy. Bu odam shoshilmasdan chiqib ketishi uchun berilgan. Agar biror kishi Latviyada noqonuniy qolishda davom etsa, davlat idoralari bundan xabar topib, ketishni eslatib qo‘yishi mumkin. Jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan, biroq ma’muriy javobgarlik bor, shuning uchun shaxs jarimaga tortilishi mumkin», — dedi IIV davlat kotibi o‘rinbosari Vilnis Vitolinsh.
Shu bilan birga, Latviya ichki ishlar vaziri Maris Kuchinskis, 1 sentabrdan keyin Rossiya fuqarolaridan yashash uchun ruxsatnomani uzaytirish uchun arizalar qabul qilish to‘xtatilganda, «ov» boshlanmasligiga ishontirdi, ammo Latviyada yashash uchun ruxsatnomani uzaytirish uchun ariza bermagan ruslar noqulayliklarga duch keladi.
Mavzuga oid
18:21
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024