«Do‘st o‘zini bunday tutmaydi»: Alisher Usmonov sanksiyalar va Ukrainadagi mojaroga izoh berdi
Milliarder Alisher Usmonov Italiya gazetalaridan biriga bergan intervyusida Ukrainadagi mojaro tezroq tugashiga umid bildirdi va uning barcha qurbonlariga hamdardlik izhor etdi, shu bilan birga, «siyosatdan uzoqda» ekanini ta’kidladi. Bundan tashqari, Usmonov o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarga izoh berdi: u obro‘siga «katta» zarar yetkazilganini e’lon qildi va Italiyada mulki tortib olinganini eslatib, «do‘stlar o‘zini bunday tutmaydi», dedi.
Milliarder Alisher Usmonovning aytishicha, sanksiyalar uning obro‘siga «katta» zarar yetkazgan va ular nafaqat o‘ziga, balki uning oila a’zolariga, u aksiyador bo‘lgan kompaniyalarga, ushbu kompaniyalar xodimlariga hamda xayriya jamg‘armalari va boshqa loyihalari orqali yordam olgan «o‘n minglab odamlarga» ham ta’sir qilyapti. Bu haqda Usmonov Italiyaning Corriere Della Sera gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. RBK maqolaga e’tibor qaratdi.
«Odamlar cho‘ntagida puli yoki pasporti bo‘lgani uchun tamg‘alansa, biz tarixdan qanday ofatlar sodir bo‘lishini bilamiz. Kollektiv javobgarlik qo‘llanilsa, adolat o‘ladi», — dedi Usmonov. Uning so‘zlariga ko‘ra, Italiyaning Sardiniyasidagi mol-mulki tortib olingani unga og‘ir botgan: «Do‘stlar o‘zini bunday tutmaydi. Ammo men siyosat bu - siyosat ekanligini tushunaman», dedi milliarder. U «qonun siyosiy manfaatlar ustidan g‘alaba qozonishiga» umid bildirdi. Jurnalistning Rossiya biznesidan olingan soliqlar Vladimir Putinga «o‘zini moliyalashtirishga imkon beradi» degan taxminiga, Usmonov Yevropaning Rossiyada faoliyat yuritayotgan G‘arb kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qildi. «Rossiyada kompaniyalarga ega bo‘lganlar nima qilishi kerak - soliqlardan qochishi kerakmi? Bundan tashqari, men bu choralar jangovar harakatlarni to‘xtatib qo‘yganini ko‘rmayapman», dedi milliarder.
Rossiya rahbariyatining Ukrainada «harbiy maxsus operatsiya» boshlash haqidagi qarori to‘g‘rimi yoki yo‘qmi, degan savolga Usmonov «siyosatdan uzoq turishini» va odamlarni bo‘linishdan ko‘ra birlashtirish mumkin bo‘lgan sohalar: sport, biznes va xayriyani afzal ko‘rishini aytdi. «Ukrainadagi janglarda jabrlanganlarning barchasiga hamdardman, umid qilamanki, bu fojiali mojaro tez orada tugaydi va diplomatiya nihoyat o‘z rolini o‘ynaydi. Biz tezda yo‘qolgan o‘zaro ishonchni tiklashimiz kerak. Istisnosiz: yevropaliklar ham», — dedi Usmonov.
Tadbirkor intervyuda o‘zini «oligarx» deb tan olishdan bosh tortdi: u xususiylashtirishda qatnashmaganini, «davlatdan shubhali yordam» olmaganini va «bozor narxlarida, oshkoralik sharoitida» ishlaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada Rossiyadagi ishbilarmonlar «Kreml buyrug‘i bilan ishlayapti» degan tushuncha real vaziyatni buzib ko‘rsatishdir.
Usmonov Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, AQSh va boshqa bir qator davlatlar sanksiyalari ostida qolgan. Tadbirkor sudda Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga qarshi chiqdi. Usmonov sanksiyalar ostida qolgach, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti vakolatlarini to‘xtatdi.
Alisher Usmonov dunyodagi eng badavlat ishbilarmonlar reytingida 122-o‘rinni egallab turibdi (rossiyaliklar orasida 8-o‘rin), bundan real vaqtda yangilanadigan Forbes Real-Time reytingi ma’lumotlari darak beryapti. Usmonovning boyligi 14,4 milliard dollarga baholanmoqda.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universiteti ochiladi
O‘zbekiston | 18:12
-
Qirg‘izistonda tirbandliklarga barham berish uchun poytaxtni ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 18:09
-
Tramp prezidentlikka kirishgan kuniyoq bir necha sudga berildi
Jahon | 18:05
-
Politico: YeI va Britaniya AQSh bilan savdo urushiga tayyorlanmoqda
Jahon | 17:59
Mavzuga oid
09:14 / 16.01.2025
Bayden Rossiyaga qarshi sanksiyalar Tramp tomonidan yumshatilishiga to‘siq qo‘ydi
12:05 / 15.01.2025
Germaniya Yevropa Ittifoqidan Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishni so‘raydi
16:10 / 14.01.2025
AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari neft narxi ko‘tarilishiga olib keldi
19:33 / 13.01.2025