Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank 13 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2025 yilning may oyidagi yig‘ilishlarida (8 marta) 37 ta masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdorini shakllantirilishi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya qilinmagan va bank boshqaruvi tomonidan muammoli kreditlarni undirish va ular qoldig‘ini kamaytirish yuzasidan hududlarda ishlab chiqilgan reja-grafiklar ijrosi ta’minlanmagan taqdirda 17 ta tijorat banki chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llandi.
Bank nazorati qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida 17 ta tijorat bankiga nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanishi hamda 13 ta bank jarimaga tortilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Mavzuga oid
19:08 / 07.07.2026
XVJ O‘zbekistondagi valuta kursining “suzuvchi” rejimini tan oldi
19:43 / 04.07.2026
Eskrou orqali rasmiylashtirilgan oldi-sotdi bitimlari o‘sishda davom etmoqda
15:00 / 03.07.2026
O‘zbekistonda UzQR tizimi ishga tushdi. Asosiy savollarga javoblar
08:22 / 19.06.2026